Kindikka yogʻ surtish yuz va badan terisiga nafislik bagʻishlaydi. Shuningdek, koʻz nurini ravshanlashtiradi, qarishni sekinlashtiradi.
Kindikka surtilgan yogʻ qanday qilib yuz terisini yumshatar ekan deb hayron boʻlyapsizmi? Ona qornida chaqaloq kindigi orqali oziqlanadi va kindik badanning boshqa qismlari bilan uzviy bogʻlangan boʻladi, shu oʻrinda yuz terisi bilan ham bogʻlanadi. Kindikka muntazam ravishda bodom yogʻi surtib yurish terini ichdan oziqlantirib, yuz terisini goʻzallashtiradi.
Koʻz nurini tiklaydi. Kindikka kokos yogʻi yoki kuydirib suzilgan saryogʻ surtib yurish zararli koʻk nurlar sababidan pasaygan koʻz nurini yaxshilaydi va koʻzni himoya qiladi.
Qarishni sekinlashtiradi. Kindikka kastor yogʻini muntazam ravishda surtsangiz yoki tomizsangiz yuzdagi ajinlar va koʻz tagidagi xaltachalar ancha kamayadi va teri yosharadi. Kindikka surtilgan kastor yogʻi yuzga surtilgan kastor yogʻidan ham samaraliroq natija beradi. Bunga sabab kindikning ichki organlar va yuz bilan uzviy bogʻliq ekanligidir.
Homiladorlik davrida. Kindikka yogʻ surtish qorin muskullarini va badachon muskullarini boʻshashtiradi va natijada homiladorlik vaqtidagi ogʻriqlarni kamaytiradi. Buning uchun zanjabil va zaytun yogʻini aralashtirib ishlatish maqsadga muvofiq.
Aysha Oxunova tayyorladi.