Kitob oʻqish tartib-qoidasini bilasizmi?

0
1090
marta koʻrilgan.

Kitob oʻqish uchun avvalo qulay joy topish muhimdir. Yotoqda kitob oʻqigandan koʻra, kresloda oʻrnashib oʻqish yoki stulda oʻtirib oʻqish afzalroqdir.

Kitob oʻqiyotgan xona yorugʻ va salqin boʻlishi lozim. Chunki issiq xonada oʻqish uyqu chaqiradi. Kitob oʻqib tugatish zarur boʻlib qolsa, oʻqishni boshlashdan avval sovuq dush olish, qahva ichish albatta, insonni tetiklashtiradi. 

Bir soatdan koʻp davomiy kitob oʻqish tavsiya etilmaydi. Oʻqish oraligʻida turib, bir oz yurib, qonni yurishtirib soʻngra oʻqishni davom ettirishlik inson miyasini toliqtirmaydi. Kompyuter orqali oʻqiyotganingizda esa  yarim soatdan keyin  oʻqishni besh-oʻn daqiqa boshqa mashgʻulotga oʻzgartiring. Masalan, badan tarbiya mashqlari, ayniqsa koʻzni tetiklashtiruvchi mashqlar bilan almashtirib turing. Almashib oʻqish salomatlik garovidir. Yoki uyingizni saronjom -sarishta qiling. Almashib oʻqish salomatlik garovidir. 

Mutolaa vaqtida suv, sharbat yoki choy ichib turish ayni muddaodir.

Har doim kechqurun yotishdan oldin kitob oʻqishlik va uyquni qochirishlik shartli refleks hosil qiladi. Bu holatdan yiroq boʻlishlik uchun kitob oʻqish vaqtini oʻzgartirish kerak. Masalan, kunduzi oʻqishni sinab koʻrish lozim. Ushbu tavsiyalarga amal qilinsa miya faoliyati yanayam rivojlanadi va insonga koʻproq manfaat keltiradi, kishi xotirasi mustahkamlanadi.

Uchtepa AKM rahbari  Barchinoy Xodjayeva tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.