Vashington universiteti olimlari koʻk choy komponenti koʻplab miyeloma va amiloidozlari boʻlgan bemorlarga foydali ekanini aniqlashdi.
Amiloidoz – oqsil almashinuvining buzilishi. Uning shakllaridan biri boʻlmish AL-amiloidozda qon plazmasida immunoglobulinlarning anomal yengil zanjiri hosil boʻladi. Ular turli organlarda masalan, yurak va buyraklarda yigʻilib qolishi mumkin.
Mutaxassislar miya iligi patalogiyasi boʻlgan 9 nafar bemor immunoglobulini yengil zanjirlari namunalarini olishdi. Tadqiqotlar davomida olimlar epigallokatexin gallatining zanjirlarni xavfsiz holatga keltirgani aniqlandi.
Mutaxassis olimlarning taʼkidlashicha, koʻk choy aksiloksidantlar va ozuqaviy moddalarga boy. U yurak-qon tomir kasalliklari, saraton xavfini kamaytirish bilan birga vazn tashlashga ham yordam beradi.
Ota-bobomiz koʻk choyni azaldan sevib isteʼmol qilib kelgan. Bobolarning, momolarning bilgani bilgan degan hikmatlar bekorga aytilmagan.
Shoira Bekchanova,
tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach