Pnevmoniya va bronxitlarni davolashda osh sodasi bilan amalga oshirilgan muolajalarning ahamiyati katta boʻlib, oʻpkada qon aylanishini kuchaytiradi, nafas tizimi faoliyatini yahshilaydi. Nafas olish yengillashadi.
Koronavirusning ilk belgilari sezilganda nafas yoʻllaridagi infeksiyani bartaraf etish uchun osh sodali ingalyasiya ham samarali yordam beradi. Besh litr suvga besh osh qoshiq soda solinadi.
Koʻkrak qafasini sodali suvda ishqalash. Koʻkrak qafasi sohasini 1 piyola suvga 1 choy qoshiq osh sodasini solib eritilgan iliq suvda sochiqni hoʻllab terini qizartirib, ishqalab artish nafas tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Chunki inson teri orqali ham nafas oladi.
Osh sodasi bilan vanna. Ibn Sino tibbiyoti boʻyicha astma kasalligini davolashda ishlatilgan ushbu usul ayni tibbiy amaliyotda esa pnevmoniya va bronxitlarni davolashda oʻz samarasini bermoqda. Sodali vannani qoʻllash oson, arzon va eng yaxshi malhamdir.
Tayyorlash va foydalanish: bir piyola natriy bikarbonati yaʼni osh sodasini vannaga solib, iliq suvda butun gavdani koʻmib 10-15 daqiqa davomida yotish lozim. Soʻngra obdon artinasiz. Shuningdek, bir litr suvga bir choy qoshiq osh sodasi solib huqna (klizma) qilish ham foyda beradi.
Bu ikki usul oʻpkada qon aylanishini kuchaytiradi, nafas olish yengillashadi. Kayfiyatni koʻtaradi.
Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi loyihasi asosida uyushtirildi.