Koronavirusga chalinganda dorivor giyohlardan foydalanib, xalqona malhamlar tayyorlash mumkin.
Qora sedana yogʻi. “Tibbun Nabaviy” asarida taʼkidlanganidek tilchaning shishib ketishi, faringit, tomoqdagi ogʻriqni yoʻqotish uchun burunga 2-3 tomchidan 3 mahal ushbu yogʻ tomiziladi. Yogʻ halqum (tomoqqa) oqib tushishining havfli joyi yoʻq. Isitma koʻtarilsa, vaqtincha tomizmay turiladi. Chunki isitma vaqtida yogʻni hapdori sifatida ichish ham, tashqi tomondan teriga surtish ham tana haroratining oshishiga olib kelishi mumkin).
Yalpiz qaynatmasi (myata perechnaya) hamda osh sodali suvda ingalyasiya qilish tomoqniyalligʻlanishini tuzatadi. Shuningdek, ular bilan tomoqni tez-tez chayib turish ham juda samarali taʼsir qiladi..
Gulqand. Bu tabobatda ichki quvvat (immunitet)ni oshirish uchun oʻta samarali dorivordir. Uni yaqin-yaqin vaqtgacha deyarli barcha xonadonlarda tayyorlab kelishgan. Ota-bobolarimiz bu haqida yaxshi eslashadi. Uni qizilgul va shakarni teng miqdorda olib, yaxshilab ezib, iloji boʻlsa sopol idishda 40 kun davomida yoz chillasida oftobga qoʻyib tayyorlanadi (buni oftobi gulqand deyiladi). Tayyorlashning iloji boʻlmaganda, oftobga qoʻyib oʻtirmay, tezroq bemorga berilaveradi.
Qashqarbeda (donnik), tol poʻsti, limon, malina, naʼmatak kabilar qonni suyultirish uchun tavsiya qilinadi.
Sachratqi (Sikoriy) damlamasini harorat koʻtarilganda ichish tavsiya etiladi (1 choy qoshiq sachratqidan tayyorlangan 100 ml damlamani 2 mahal 15 kun davomida qabul qilish lozim. Mizoji sovuq bemorlar sachratqi damlamasiga yarim choy qoshiq. asal qoʻshish mumkin.
Arpa suvi (kashkob, yachmenniʼy otvar) yuqori isitmalarni normallashtirish va balgʻamlarni koʻchirish xususiyatlariga ega. Buning uchun 1 piyola arpani yaxshilab yuvib, 3 litr suvga solib, 1 litr qolguncha miltillatib qaynatiladi va suzib olinib 3-4 mahal bir piyoladan ichiriladi.
Shuningdek, issop, chuchukmiya (koren solodki), dolchin, andiz (devyasil), gulxayri ildizi (koren alteyki) damlab ichish oʻpka faoliyatini yaxshilaydi.
Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi loyihasi asosida uyushtirildi.