Koʻzga darmon mahsulotlar

0
216
marta koʻrilgan.

Qora qoragʻat (smorodina). Askorbin kislotaga boy mahsulotlar koʻzlarning sogʻlom boʻlishida juda muhim. Organizmni ushbu foydali vitaminlar bilan taʼminlash uchun, ayniqsa, qora qoragʻat tavsiya etiladi. Nahorga  bir stakan smorodina sharbati ichish koni foyda. Faqat oshqozoningiz bu kabi nordon mahsulotlarni koʻtara olishi lozim (kislotnost baland  boʻlmasligi kerak).

Bodom, yongʻoq tarkibida vitamin V1 (tiamin) boʻlib, u nerv toʻqimalari holatini yaxshilashga yordam beradi. Unga koʻz toʻr parda, koʻrish nervi va bosh miyadagi koʻrish analizatori kiradi.

Goʻsht, tuxum, sut mahsulotlari. Ularning tarkibada vitamin V12 (siankobalamin) koʻp boʻlib, ular organizmda oqsil almashinuvida faol ishtirok etadi. Koʻz soqqasi, koʻrish nervi, bosh miyasi ham shular jumlasiga kiradi.

Qizil, sariq sabzavotlar va koʻkatlar. Koʻrish qobiliyatini tiklashda karotin (vitamin A) anʼanaviy vosita hisoblanadi. U qizil va sariq sabzavot va mevalarning hammasida mavjud. Shuningdek, vitamin A jigar, tuxum, sariyogʻda koʻp. Koʻrish qobiliyati susayganda 1 stakandan sabzili kokteyl ichib turing. Sabzi suvini (3 hissa) petrushka bargi suvi (1 hissa) bilan aralashtirib, ovqatlanishdan oldin ichsangiz boʻladi.

Shivit, ismaloq, petrushka, selderey, bodring va lavlagi, sachratqi (sikoriy). Ularning sharbatlari ham koʻz uchun foydali. Ushbu sabzavot va koʻkatlarning hammasidan xomligicha koʻp-koʻp yeb turing. Ularni turli-tuman salatlarga qoʻshsangiz ham boʻladi.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.