KULGU – BAXT gormoni!

0
1439
views

Kulgu kishini yashartiradi, deydi allomalar. Darhaqiqat, tabassumdan koʻzlar yonadi. Bu esa qalb  quvonchidan darak! Tabassum qilib yurish, porlab turgan koʻzlar organizmda endorfin yaʼni BAXT gormoni ishlab chiqarilishiga sabab boʻladi.

Miriqib kulish esa oʻpkalardagi qoldiq gazlar chiqib, oʻpkaning tozalanishiga olib keladi. Demak, ayni pandemiya davrida bu ayniqsa zarurat ekan.

Shuningdek, kulgu — insonni stressdan halos boʻlishiga sabab boʻladi. Kayfiyat koʻtarilganida immunitet kuchayadi. Immuniteti baland kishiga kasallik yuqmaydi.

Faqat aqlli insonlargina oʻzining ustidan oʻzi kulib, oʻz-oʻzini tanqid qila oladi, deydi allomalar! Bu ham qalbning poklanishiga olib keladi. Ollohga shukronangizni bildiradi.

Dilxiraliklarni unutib yuborish, kek saqlamaslik, hasad qilmaslik qalbingizni, ongingiz va fikrlaringizni tiniqlashtiradi. Toʻgʻri fikrlashga imkon yaratadi.

Havas sizga » ruhiy immunitet» hasad esa «zaharli toksinlar» olib keladi.

Shunday ekan, azizlar, har tongni xush kayfiyat, shukronalik bildirish va ezguliklarni eslab jilmayish bilan boshlang! Ruhiy salomatlikingiz oʻz qoʻlingizda. Vujudning bardamligi ruhiy salomatlikdan boshlanadi. Bu borada oʻzimizga va barchaga omadlar tilaymiz.

gujum.uz

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here