Kuzgi depressiyaga qarshi oziq-ovqatlar

0
576
marta koʻrilgan.

 

Kayfiyatni toʻgʻri tanlangan oziq-ovqatlar yordamida ham yaxshilash mumkin. Ona yurtimizning qaysi neʼmatlarida ushbu xususiyatlar mavjudligi barchani qiziqtirishi tabiiy.

Loviya

Hatto, xalqimiz orasida koʻp ishlatiladigan shunday ibora ham bor: dukkakli don mahsulotlarini koʻp yesangiz koʻp kulib yurasiz. Dukkaklilarni hazm qilinishi qiyinroq  boʻlsa ham, bu ibora haqiqatdan unchalik uzoq emas.

Pista

Pista – bu xush kayfiyat bagʻishlovchi hisoblanadi.

Ularni oʻzingizni tushkun va gʻamgin his qilgan vaqtlarda yeyishingiz mumkin, chunki ular omega-3 yogʻ kislotasiga boy. Buning ustiga, kungaboqar yoki oshqovoq urugʻlari tarkibidagi moddalar boshqa ovqatlarning hazm boʻlishiga yordam berishi mumkin.

Olma

Bir kunda bir dona olma koʻpchilik odamlarni mavsumiy depressiyaga tushishdan saqlab qolgan. Rezavor mevalar kabi olmalar tarkibida ham oksidlanish va hujayra darajasidagi yalligʻlanishning oldini olishga yordam berishi mumkin boʻlgan koʻplab antioksidantlar mavjud.

Ular shuningdek, qondagi shakar miqdorini tenglashtirib turadigan eruvchi kletchatkalarga juda boy.

Salat barglari va koʻkatlar

Ogʻir depressiya miyada yuz beruvchi yalligʻlanish jarayonlari bilan bogʻliq. Koʻkatlarda ularga butunlay barham beruvchi maxsus moddalar bor.

Ratsionga salat barglarini muntazam ravishda qoʻshish orqali hatto quyosh yorugʻligi va mavsumiy vitaminlar yetishmagan hollarda ham hech qanday depressiya alomatlarining paydo boʻlmasligiga erishish mumkin.

Yongʻoq

Yongʻoq omega-3 yogʻ kislotasining eng boy oʻsimlik manbalaridan biri hisoblanadi. Oʻz navbatida koʻp sonli tadqiqotlar bu kislotaning miya faoliyatiga yordam berishini va depressiya alomatlarini kamaytirishini isbotladi.

Rezavor mevalar

Qoragʻat, qulupnay va maymunjonlar tarkibida antioksidantlar eng yuqori oziq-ovqatlardir. Ularni muzlatilgan holatda, shuningdek murabbo yoki jele holda yeyish mumkin.

Qoʻziqorin

Qoʻziqorinlarning ruhiy koʻtarinkilikni eng muvofiq holatda ushlab turishining ikki sababi bor.

Birinchidan, qoʻziqorindagi kimyoviy moddalar insulin bilan hamkorlikda harakatga kirishadi, bu esa qondagi shakar miqdorining oʻzgarishiga toʻsqinlik qilishga va kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi.

Ikkinchidan, qoʻziqorinlar – bu sogʻlom ichak bakteriyalarini hosil qiluvchi probiotiklar hisoblanadi. Ular bizning kayfiyatimiz bilan bevosita bogʻlangan, chunki ichakdagi asab hujayralari 80% serotonin ishlab chiqaradi.

Oliy toifali vrach Shoira Bekchanova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.