Makkajoʻxorining foydali xususiyatlari

0
3565
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda makkajoʻri don sifatida, chorvachilikda yem sifatida keng qoʻllaniladi.  Uning shifobaxsh xususiyatlari ham bisyor. Asl vatani Janubiy Amerika boʻlgan bir yillik  oʻsimlik makkajoʻri tarkibida Mendeleev davriy jadvalidagi 26 element mavjud  boʻlib, temir, kalsiy, fosfor, magniy kabilar shular jumlasidandir.

Joʻxori. V, Ye, A, RR kabi darmondorilarga ham boyligi tufayli soch va terining sogʻlomligi, jilosini taʼminlaydi.

Shifobaxsh neʼmat tarkibidagi aminokislotalar esa ichaklar faoliyatini meʼyorlashtiradi.

Qandli diabet, allergiyaga moyil, kamqon, ortiqcha vazndan qiynalayotgan, jigar va yurak xastaliklari mavjud bemorlarga koʻproq joʻxori isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Xalq tabobatida popugidan tayyorlangan qaynatma va damlamalar oʻt va peshob haydovchi, moddalar almashinuvini meʼyorlashtiruvchi vosita sifatida qadimdan ishlatib kelinadi.

Zamonaviy tibbiyotda joʻxori popugidan tayyorlangan damlama jigar, oʻt pufagi va oʻt yoʻllarining yalligʻlanish kasalliklarida safro haydaydigan, ichdan qon ketayotgan mahallarda qon toʻxtatadigan va buyrak, qovuq toshlarida siydik haydaydigan vosita tariqasida foydalaniladi.

Uning mevasidan olingan moy qon tarkibidagi xolesterinni kamaytirish, arteroskleroz kasalligini davolash va oldini olish uchun qoʻllaniladi. Shu bilan birga, organizmda moddalar almashinuvini yaxshilashda ishlatiladi.

Makkajoʻxori doni bilan poyasining suvi jigarni davolashda gʻoyat foydalidir. Makkajoʻxori qondagi gemoglobinni mutanosiblashtiradi.

Ammo bosh ogʻrigʻi va oshqozon-meʼda faoliyatida muammosi bor insonlarga qaynatilgan joʻxoridan koʻp miqdorda isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi.

 Shoira Bekchanova tayyorladi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.