Marmarak (shalfey)

0
2498
marta koʻrilgan.

Ushbu giyoh  antiseptik va yalligʻlanishga qarshi vosita boʻlib, tarkibi efir moyi, kamfaraga moʻlligi tufayli nafas yoʻllari,milk kasalliklarini davolashda qoʻllaniladi.

Tarkibidagi V1,R,RR, S  darmondorilarining asab tizimiga va modda almashuviga, qon tomirlari devorlarini mustahkamlanishida  samarali taʼsiri mavjud.

Ishlatilishi: Bir  osh qoshiq quritilgan marmarakni 1 piyola qaynoq suvda 10 daqiqaga damlab, soʻng suzib oling. Biroz sovigach, damlamaga 1 osh qoshiq asal solib, tomogʻingizni kun davomida 3-4 marta gʻar-gʻara qilsangiz, yaxshi natijaga erishasiz.

Shuningdek, bu damlamani ayollar  klimaks davrida ichsa, shamollash dardini olish bilan birga yoshartiradi.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.