Momolarimizdan eshitganlarimizni bolalarimizga tez-tez aytib turish milliy qadriyatlarimizni yanada yuksaltiradi:
Olma inson organizmiga barcha zarur narsalarni yetkazib berishda koʻmaklashadi. Har kuni ikki dona olma yeyish kifoya qiladi.
Oshqozon ogʻriganda nahorda hamda yotish oldidan bir qoshiq dogʻlangan zaytun moyi ichish tavsiya etiladi.
Koʻz nuri. Kezi kelganda meʼyorida yigʻlab turish sogʻliqqa foydali, koʻngilni yumshatadi, koʻz gavharini nurlantiradi..
Qatiq zardobi. Kimda-kim har 10-15 kunda bir marta shomda 1 litr qatiq zardobini ichib, ichini yuvsa, qon bosimi, qand, bavosir, oshqozon ogʻrigʻi kabi xastaliklardan xalos boʻladi.
Tez-tez qatiq zardobini ichib turish qonning ifloslanishi (uremiya) kasalligidan ham asraydi.
Sabzavot, koʻkatlardan unumli foydalanish umrni uzaytiradi.
Oʻsma profilaktikasi. Doim koʻk choy ichib, sariq sabzi yeb yurgan odam oʻsma (rak) kasaliga chalinmaydi.
Badan tarbiya-sogʻlom turmush tarzi garovi. Kuniga ikki marta ertalab va kechqurun sogʻlomlashtirish fizkulturasi bilan shugʻullanib turish koni foydadir. Yurak baquvvat boʻlsa, sport turlari ichida eng foydalisi yugurishdir.
Dilbar Bekchanova