Momolarning bilgani bilgan

0
604
marta koʻrilgan.

Momolarimizdan eshitganlarimizni bolalarimizga aytgim keldi:

Odatda, soat 22 dan ertalab 6 gacha uxlash vujudning toʻliq dam olishini taʼminlaydi.

Yotishdan oldin yengil badantarbiya qilish sogʻlikka foyda va tinib uxlashga koʻmaklashadi.

Uyqudan oldin quyidagilarni isteʼmol qilish mumkin: olma, bir qoshiq asal, bir stakan kefir yoki asal qoʻshilgan bir stakan iliqroq sut.

Uyqusi qochgan odam asal yalasin.

Alloma Ibn Sinoning yozishicha, chumchuq va bedana shoʻrva odamni har taraflama baquvvat qiladi.

Inson jigari toʻrt narsani: xom karam, tvorog, qattiq non, asalni yaxshi koʻradi.

Yozda tez-tez sovuq suvda yuvinib tursangiz, yuragingiz, jigaringiz ish faoliyati yaxshilanadi.

Alloma tabiblarning yozishicha, shirguruch inson umrini uzaytiradi, erkaklik urugʻini koʻpaytiradi.

 Hammomdan keyin tishni yuvsangiz, tez oqaradi.

 Naʼmatakni qaynatib choy oʻrnida ichish shamollashlarning oldini oladi.

 Muntazam oʻtirib ishlaydigan odam har soatda oʻrnidan turib yurishi va badan tarbiya bilan shugʻullanishi lozim.

Odamlar orasida oʻzaro mehr-oqibat,   ezguliklar ulashib ahillikda yashash umrni uzaytiradi.

Dilbar Bekchanova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.