Nima uchun tishlar kishining  yoshi oʻtgan sari yemirila boshlaydi?

0
776
views

«Sogʻlom tanda – sogʻlom aql» deganlaridek, sogʻlom tanda tishlar ham sogʻlom boʻladi. Yosh oʻtgan sari tishlarning yemirilishi  tananing salomatligi bilan uzviy bogʻliq.

Tishlarning yoshga bogʻliq holda yemirilishi holati koʻpincha  odamlarda 35-40 yildan keyin oʻzini namoyon qiladi. Hayotimiz davomida tishlar dam olishni bilmaydi: ular doimo harakatda, ovqatni chaynashadi, gaplashayotganda yonoqlar va tillar bir-biriga ishqalanadi.

Shu bilan birga – chekish, spirtli ichimliklar, taomdagi ortiqcha shakar va boshqa sabablar tufayli noqulay omillarga duch kelishadi. Bularning barchasi emal qatlamining bosqichma-bosqich yemirilishiga olib keladi.

 Shuningdek, turmush tarzi va surunkali kasalliklar – qandli diabet, gastrit, kolit va boshqa oshqozon-ichak kasalliklarining mavjudligi ham juda katta rol oʻynaydi, Ularning aksariyati tish salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Azizlar, oʻzingizni va tishingizni asrang.

gujum.uz

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here