Olcha-yu gilosni koʻp isteʼmol qilish zararlimi?

0
552
marta koʻrilgan.

Hamma neʼmatning meyori yaxshi. Erta pishgan bahoriy neʼmat ajoyib tibbiy vositadir. Xalq tabobatida gilos buyrak kasalliklarini davolashga, vaznni kamaytirishga yordam beradi, umumiy holatni yaxshilaydi.

Gilos-u olchaning  tarkibida tabiiy darmon dorilar:  askorbin kislotasi, B1, B2, A, PP, E vitaminlari, pektinlar, karotin, foli kislota va boshqa  mikro — makro elementlar, shakar mavjud.

 Olcha-yu giloslar  mevasi yalligʻlanishga qarshi, balgʻam koʻchiruvchi, terini tozalovchi, qonni koʻpaytiruvchi xususiyatga ega boʻlish bilan birga gilos sharbati qondagi  xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Baʼzi kasalliklarda meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish mumkin emas! Masalan, oshqozon yarasi, qandli diabet, pankreatit, oʻpka yalligʻlanishi, teri kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarga ushbu mevalardan imkon qadar kamroq yeyish tavsiya qilinadi.

 Oshqozon va ichak yalligʻlanishi boʻlganda ushbu  mevalardan olingan sharbat va kompot tayyorlab, unga olma sharbatini qoʻshib ichish maqsadga muvofiq. Chunki, kislotalar qayta ishlash jarayonida neytrallanadi hazm qilish osonroq boʻladi.

Koʻpgina mevalarning danagi chaqib yeyilmaydi, masalan, shaftoli. Shuningdek, olcha, gilos  danagini yutib yuborishdan ham ehtiyot boʻling.  Sababi danagi tarkibida amigdalin moddasi bor va odam uni beixtiyor yutib yuborsa, organizmni zaharlashi mumkin. 

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.