Ona suti afzalliklari:aqliy qobiliyatni ham oshiradi

0
254
marta koʻrilgan.

Ayni pandemiya davrida bolaning ona sutidan keng foydalanishi oʻta muhim. Chunki, ona sutini toʻyib, toʻliq emgan bolaga yuqumli kasalliklar deyarli yuqmaydi.

Ona sutida uglevodlar koʻp. Ular tarkibiga sutni normal hazm boʻlishiga yordam beruvchi alohida moddalar(V-laktoza) kiradi. Uning tarkibidagi vitaminlar va mineral tuzlar oʻsuvchi organizm talabini toʻliq qondiradi. Unda kalsiy va fosfor yaxshi nisbatda boʻladi, shuning uchun koʻkrak suti emgan bolalar raxit xastaligi bilan kam kasallanadi.

Ayol sutida tuzlar, temir moddasi, mis, rux, kobalt va qon ishlab chiqarish jarayoniga taʼsir qiluvchi boshqa mikroelementlar yetarli miqdorda boʻladi. Buning natijasida koʻkrak suti emgan bolalarda sunʼiy ovqatlantiriladigan bolalarga qaraganda kamqonlik kasali kam uchraydi.

Eng asosiysi ona sutini emgan  bolaning sogʻlom boʻlish bilan birga aqliy qobiliyati oshadi. 

YUNISEFning taʼkidlashishicha, planetamizda tugʻilayotgan har ikki nafar bolaning biri dunyoga kelishining dastlabki daqiqasidan-oq ona sutidan mahrum ekan.

Ilmiy tadqiqotlarga koʻra, koʻkrak suti bilan oziqlanish darajasi 100 foizga koʻtarilsa, har yili dunyoda 5 yoshgacha boʻlgan 820 ming bola va 20 ming ayolning hayotini saqlab qolish mumkin ekan.

Har bir bola hech boʻlmaganda hayotining birinchi olti oyi davomida koʻkrak sutini emganida, aqliy qobiliyati oshishi hisobidan global iqtisodiyotga qoʻshimcha 300 milliard dollar daromad keltirgan boʻlar edi. Afsuski, yangi tugʻilgan chaqaloqlarning 77 millioni hayotining birinchi soatlaridanoq ona sutini ololmayapti.

Aziz onajonlar,  tugʻruqdan keyin bola emizish bu tabiiy jarayon. Qomatim buziladi, deb oʻylamang. Aksincha vujudingiz yangilanadi, tozalanadi. Kelajakda farzandingiz sizga mehrli boʻladi, ona  va farzandlik rishtalari  mahkam boylanadi. Farzandingizning kelajagini, sogʻlomligini oʻylab shunga yarasha saʼy-harakatlarni amalga oshiring. Onalik baxti-kelajak taxtidir!

Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.

Tahririyatdan: Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi  granti asosida uyushtirildi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.