Ona yurt neʼmatlari

0
638
marta koʻrilgan.

Sogʻlom turmush tarzi insonning ovqatlanishi bilan uzviy bogʻliq. Oziq-ovqat mahsulotlarining qay biri inson organizmiga qanday taʼsir koʻrsatadi?

Insonga yaxshi  kayfiyat, tetiklik bagʻishlovchi hamda uzoq umr koʻrish va sogʻlom boʻlish garovi boʻlgan ona yurt neʼmatlarining xususiyatlari bilan  bilan tanishing.

Olma — tarkibi kletchatka va V1, V2, V5, K, A vitaminlariga boy meva. Shuningdek, bu neʼmatda koʻplab minerallar, organik kislotalar va temir bor. Olma hazm qilish organlariga yaxshi taʼsir koʻrsatadi, asab va yurak-qon-tomir tizimi ishini yaxshilaydi. 

Baliq yurak va miyani himoyalovchi omega-3 yogʻ kislotalariga boy, kayfiyatni koʻtaradi. Losos har qanday parhezda oʻrnini hech narsa bosa olmaydigan mahsulot. Bu baliqning kuniga 80-90 grammi foydali moddalarga toʻyish va parhez uchun kifoya.

Loviya tarkibi kletchatkaga juda moʻl. U qondagi qand miqdorini va tana ogʻirligini meʼyoriga keltiradi. Har kuni 15-20 gramm loviya isteʼmol qilish kifoya. 

Brokkoli — eng foydali mahsulotlardan biri. Uni xomligicha isteʼmol qilinsa, foydali moddalarni maksimal darajada saqlab qolinadi. Oʻrtacha oʻlchamdagi brokkoli S vitaminining sutkalik dozasini va K vitamining 80% sutkalik miqdorini oʻzida saqlaydi. Bu vitaminlar suyakni mustahkamlaydi.

Anor sharbati antioksidantlar, minerallar va vitaminlarga boy. Shu tufayli u qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Anor suvini kuniga isteʼmol qilinsa, ish qobiliyatini oshiradi va intim hayotga ijobiy taʼsir qiladi.

Qatiq inson organizmining meʼyorda ishlashi uchun zarur bakteriyalarga boy. Bu mahsulotda S. V1, V2, A vitaminlari mavjud. Ular sogʻlom teri va asab tizimi uchun foydali. Shuning uchun ham vrachlar uyqudan oldin qatiq ichishni tavsiya qilishadi. Unga turli xil meva qoʻshib isʼtemol qilinsa yanada foydalidir.

Sarimsoq eng koʻp tarqalgan dorivor oʻsimlik. Uning tarkibi kaliy, magniy, fosfor, kalsiy, yod minerallari va sink, marganets, selen mikroelementlariga boy. Kuniga 2 boʻlakcha sarimsoq shamollashni oldini oladi.

Tuxum — parhez mahsulot, chunki unda oqsil koʻp va kaloriyasi kam. Tuxum sarigʻining tarkibiga miyani oziqlantiruvchi asosiy modda —  xolin va koʻz uchun foydali lyutein kiradi.

Rezavor mevalar nimasi bilan foydali? Ular ham kletchatkaga boy va shu bilan birga qand miqdori kam. Qulupnay va malina tarkibiga kiruvchi ellag kislotasi kuchli aksioksidant, ular saraton hujayralariga qarshi kurashadi, qoragʻat esa, koʻrish qobiliyati va xotirani oshiradi.

Yongʻoqlar omega 3 yogʻ kislotalariga juda boy. Bu foydali va mazali mahsulotni isteʼmol qilish xolesterin miqdorini kamaytiradi, kayfiyatni koʻtaradi, terini oftobning zararli nurlaridan himoya qiladi va saraton hujayralariga qarshi kurashadi.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.