ONA YURT NEʼMATLARIDAN shifobaxsh sharbatlar

0
505
marta koʻrilgan.

Ona yurt neʼmatlarining har biri shifobaxshdir. Faqat uning  oʻziga xos xususiyatlarini, qay biri qaysi dardga malhamligini bilish lozim. Bu esa ovqatlanish madaniyatining tarkibiy qismidir! Buni qayta-qayta oʻqish va uqib olish lozim. Ana shunda sogʻliqingiz oʻz qoʻlingizda boʻladi.

UZUM sharbati — kamqonlik, oʻpka kasaliklari, quvvat kamligini davolashda va oʻt qopidagi toshlarni tushirishda yordam beradi.

OLMA sharbati— tarkibida suyaklarni mustahkamlovchi moddalar mavjud. Shuning uchun ham uni yosh bolalarga koʻproq berish kerak.

SABZI sharbati — koʻz nurini ravshanlashtiradi. Teri, nafas yoʻli va ovqat hazm qilish tizimidagi shilliq pardalarni tozalaydi. Ammo jigari xasta ayollarga meʼyordan ortiq sabzi sharbatini ichish tavsiya etilmaydi.

 LAVLAGI sharbati — yoshartiruvchi xususiyatga ega. Oʻsimtalarning rivojlanishini toʻxtatib qola oladi. Lavlagi sharbati juda taxir boʻlgani uchun uni karam, olma yoki sabzi sharbati bilan aralashtirib istemol qilgan maʼqul.

 LIMON sharbati — tanadan zaharlarni chiqarib tashlaydi, gʻayratni oshiradi va jigarni tozalaydi.

 KARAM sharbati — allergiyaga qarshi vosita. Apelsin yoki mandarin yegandan soʻng paydo boʻladigan turli toshmalarni  tez yoʻqotadi. Agar bolaga ertalab och qoringa bir osh qoshiq karam sharbati ichirsangiz, har qanday diatezning tez orada yoʻqolishiga guvoh boʻlasiz.

APELSIN sharbati — «S» vitamini yetishmaganda, koʻz xiralashganda, radioaktiv nurlanish oshganda iching.

KARTOSHKA sharbati — bosh ogʻrigʻi, jigʻildon qaynashiga shifo boʻladi.

Dilbar BEKCHANOVA tayyorladi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.