Oq karrakning (rastoropsha) foydali xususiyatlari

4
38078
marta koʻrilgan.

Oq karrak rus tilida  va aptekalarda rastoropsha deya ishlatiladigan shifobaxsh dorivor oʻsimlikni xalqimiz  tabobatda azaldan qoʻllab keladi.

Oq karrak  tarkibi turli hil vitaminlar va mikro  elementlarga moʻl. U A, E, F, K va  V guruhiga kiruvchi darmondorilarga boy. Oq karrakning bir grammi 16,6 mg kalsiy, 9,2 mg kaliy, 4,2 mg magniy, 0,08 mg temir, 0,1 mg marganets, 1,16 mg sink, 22,9 mg selen, 0,09 mg yod kabi darmondorilar bor.

Bugungi kun tibbiyotida uning tarkibida  silimarin moddasi aniqlanganligi tufayli yanada iashhur boʻlib ketdi. U eng kuchli gepatoprotektorlardan biri hisoblanadi (lotin soʻzlarida: hepar – «jigar» va proteto – «himoya»). Oq karrak  antioksidant xususiyatlari, silimarin moddasi tufayli jigar toʻqimalarini tiklashga yordam beradi. Jigar serrozini davolashda ham ishlatilmoqda.

Oq karrakning shifobaxsh xususiyatlari: U varikoz tomirlari, poliartrit, xoletsestit, jigar distrofiyasi, zaharlanish, shu jumladan, spirtli ichimliklar, diabet va tish ogʻrigʻini davolashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, u nur va kimyoterapiya kurslaridan keyin ham tavsiya etiladi.

Farmakologiyada uning barglari, ildizlari, urugʻlari ishlatiladi, ulardan yog va shrot hosil qilinadi. Uning yogʻi turli xil teri kasalliklarini, reproduktiv tizimning ayrim dardlarini davolashda ishlatiladi. U jarohatlarni mukammal davolash, ayniqsa yongʻindan keyingi yaralarni davolash xususiyatlariga ega.

Oq karrak aptekalarda bir nechta dorivor shakllarda sotiladi. Eng keng tarqalgani – oʻsimlik tabletkalari, shuningdek, kapsulalari yogʻi, kukuni va  shroti.

Oʻzbekistonda shifobaxsh oʻsimliklar yetishtirish korxonasida zaytun barglari qoʻshilgan qadoqlangan paketchalarda  rastoropsha choyi ishlab chiqariladi.

Xalq tabobatida shifobaxsh giyohning ishlatilishi: Sharbat, choy, shoʻrva, taom, kompresslar — barchasi tanani samarali  tozalash va immunitetni tiklash uchun shifo boʻladi. Turli allergiyalarni davolashda ham ishlatiladi.

Uy sharoitida rastoropshaning ovqati ishlatiladi. Bu nima degani? Bu barcha foydali tarkibiy qismlar saqlanib qolgan oʻsimlikning maydalangan urugʻlaridan olingan kukun. Ushbu kukun jigar hujayralarini va butun aʼzoi badanni yaxshilash uchun eng qimmatli mahsulotdir. U tomirlarni tozalaydi, xolesterin darajasini pasaytiradi, organizmdan toksinlarni chiqarib tashlaydi. Natijada oshqozon – ichak faoliyati ham  yaxshilanadi. Vaznni va teri muammolarini yoʻqotishga ham koʻmaklashadi. Shuningdek, immunitetni oshiradi, toʻqimalarning yangilanishini tezlashtiradi.

Dorivor maqsadlar uchun urugʻidan choy yoki qaynatma tayyorlash mumkin.

Dorivor choyni tayyorlash uchun 1 choy qoshiq urugʻni bir stakan qaynoq  suvga aralashtirib, 1-1,5 soat davomida damlab qoʻyib, ovqatdan yarim soat oldin 100 mldan kuniga 3 marta issiq shaklda ichish kerak.

Shoʻrva yaʼni qaynatma tayyorlash uchun 30 g urugʻ eziladi va ularni qaynoq suvga 500 ml qoʻshiladi. Suyuqlik 2 barobar kamayguncha qaynatiladi. Uni  bir osh qoshiqdan ovqatlanishdan yarim soat oldin, kuniga 3 marta isteʼmol qilinadi. Qabul qilish kursi-30 kun. Agar yana kerak boʻlsa, kurs 1-3 oy ichida qayta takrorlanadi.

Uni yaʼni kukuni. Dorivor tayyorlashning ikkinchi usuli- un yaʼni kukunidan foydalanishdir. Urugʻi kukun yaʼni un holiga kelguncha eziladi. Undan 1 choy qoshiq  olib, suv yoki sharbat bilan kuniga 2-3 marta, ichish mumkin.  Bundan tashqari kukun  kefir, sut yoki sharbat bilan aralashtirilishi mumkin. Ichimlikka har qanday meva yoki rezavorlar qoʻshib, blenderda aylantirib ham ichish mumkin. Bu ichimlik immunitetni koʻtaradi.

Shrot. Urugʻdan 0,5 choy qoshiqda olib, ovqat paytida kuniga bir marta qabul qilish kerak. Muddati-1 oy. Shuni taʼkidlash kerak-ki, quritilgan urugʻi juda qattiq ichida qovunning danagiga oʻxshash magʻzi bor. Uni obdon chaynash kerak boʻladi.

Yogʻi ham foydali. Ovqatdan yarim soat oldin yoki tayyor ovqatlarga qoʻshib isʼtemol qilish mumkin. Kattalar kuniga 4 choy qoshiqdan koʻp ichmasligi kerak. Qabul qilish kursi 1-2 oyga moʻljallangan boʻlib, keyin 1 oy tanaffus qilgach yana  kursni takrorlash mumkin.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar: Mahsulotga yuqori sezuvchanlik, 18 yoshgacha boʻlgan bolalar, homilador va emizikli ayollarga shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Farmatsevt Fazilat Saʼdullayeva tayyorladi.

 

Yoyish

4 Mulohaza

  1. Assalom aleykum. Men rostoropsha oʻsimligini yetishtirish bilan shugʻullanaman. Menga koʻp miqdorda rostoropsha urugʻini oluvchi farmatsevt korxona kerak. yordam bera olasizmi. Bu soxani yanada kengaytirmoqchiman.

    • Assalomu aleykum Gulxayo, 78-150-60-06 Dorivor va ziravor oʻsimlik yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanishadi murojaat qilsangiz balkim yordami tegar.

      • Assalom aleykum menga javob berganingiz uchun raxmat, men yodimda ham yoq edi sayt yozib qoldirganim. hozir ayni kerak paytda buni ko’rib juda xursand bo’ldim. So’g’ bo’ling.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.