Oʻsmirlar homiladorligi va erta nikohlar

0
347
marta koʻrilgan.

Oʻsmirlarning yaʼni 13-16 yoshdagi bolalarning turmush tarzi, ruhiyati, ovqatlanish rejimi oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.

Bu davrga kelib oʻsmirning boʻy-basti tez fursatda oʻsib boradi. Ularning ishtahasi yuqori boʻladi. Ong-shuurida ham oʻzgarishlar, yangi qiziqishlar paydo boʻladi. Bunday paytda ota-ona ularning ovqatlanishiga, ruhiyatiga alohida eʼtibor berishi lozim. Iloji boricha kimyoviy moddalar aralashmasi boʻlgan mahsulotlarni kamroq tanovul qilishini nazorat qilib borish kerak. Shuningdek, ota-ona oʻsmirlar bilan eng yaqin oʻrtoqdek, tengdoshdek muomala qilishi  va ruhiyatini bilib borishi tarbiyada juda foydalidir.

Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining tahlillariga koʻra dunyoda    580 million oʻsmir qiz yashaydi. Ushbu raqamlar 2013 yilgi maʼlumotlar. Ularning 700 millioni voyaga yetmasdan oila qurgan. Vaholanki, ularning aqliy va jismoniy rivoji, qobiliyati va salohiyatini tugal namoyon etish imkoniyati yaratiladigan davrda muammolar ichiga kirib qolyapti.

Oʻsmir qizlar oʻrtasida erta homiladorlikdan himoyalanish boʻyicha jiddiy muammolar saqlanib qolyapti. Yana 2013 yilgi maʼlumotlarga koʻra,  dunyoda har yili 51 million qiz  19 yoshga chiqmay turmush qurmoqda. Ularning 13,1 million nafari yil oʻtmay ona boʻlmoqda. “Yosh ona”larning 2 millioni hatto 15 yoshga ham chiqmagan. Yanada achinarlisi shundaki, homiladorlik va tugʻruq asoratlari tufayli har yili 70 ming nafar gulday qiz olamdan oʻtmoqda. Bu muammo bizning yurtimizda ham yoʻq emas. Internet toʻrlari dunyoni qamrab olganligi, ijtimoiy tarmoqlarni oʻqish va ularda muloqat ila qatnashish  ham oʻsmirlarga salbiy taʼsir qilyapti desak xato boʻlmaydi. Chunki, ular saralab oʻqishni bilishmaydi.

Aziz ota-onalar, farzandingiz bilan muomalada yaqin doʻst boʻlish imkoniyatini yarating. Keyinchalik afsuslanib yurmang. Barcha yangiliklarni ular sizdan eshitsin, tashqaridan emas. Xalqimiz “onasiga qarab kelin ol, otasiga qarab kuyov tanla” degan hikmatlarni bejiz aytmagan.

Raʼno ZARIPOVA tayyorladi.

Tahririyatdan: Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi  granti asosida uyushtirildi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.