Oson va arzon usul bilan 2-turdagi qandli diabetni davolash

0
214
marta koʻrilgan.

Kanadaning 1827 yil tashkil etilgan jahondagi nufuzli oliy oʻquv yurti – Toronto universiteti xodimlari ovqatlanish tartibiga toʻgʻri yondashish qandli diabetni davolash boʻyicha belgilanadigan rasmiy dori vositalaridan voz kechishga yordam beradi, degan xulosaga kelishgan.

Olimlar 2-turdagi diabetga olib boruvchi, meʼda osti bezi va jigarida yogʻ toʻplanishi kuzatilgan kemiruvchilarda tajriba oʻtkazdilar. Tibbiyot xodimlari sichqonlarning ushbu aʼzolaridan atigi bir grammdan charvisini olish bilan ularni mazkur kasallik belgilaridan xalos qilishdi. Natijada sichqonlarning organizmi insulinga meʼyordagidik reaksiya bera boshlagan. Maʼlum vaqt oʻtgach, olimlar ushbu tajribani koʻngillilarda sinovdan oʻtkazishdi. Ikki kishi kun osha, uchinchisi esa har uch kunda ovqatlantirildi. Ushbu tartib taxminan 10 oy davom ettirildi. Natijada koʻngililarning vazni yengillashib, diabetda qoʻllaniladigan dori vositalarini isteʼmol qilishga ehtiyoj qolmagan.

Ushbu kasallikdan forigʻ boʻlishning yana bir xalqona oson yoʻli koʻproq sharbatlar ichish va mevalar isʼtemol qilishdir. Masalan, 2ta banan, 2ta olma, bir barg karam, 5ta kivi, yarim litr suv qoʻshib sharbat tayyorlaysiz,  uning yarmini ertalab, qolganini esa kun davomida iching. Qorningiz ochsa, mevalar, salat(salat ham oʻsimlik yogʻiga boʻlishi kerak) va tunets baligʻi (ozgina) yeyish mumkin. Bu mahsulotlar V12 vitaminiga boy boʻlib, tana uchun juda foydali va deyarli ochlikni his qilmaysiz. Sharbatlarning oziq moddalari bilan toʻyingan qon miyaga «ochlik belgilari»ni yubormaydi. 

R. SAPAYEVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.