Mushtariylar oʻt pufak bilan bogʻliq kasalliklar haqida batafsil maʼlumot berishimizni soʻrashgandi. Aynan ushbu mavzudagi savollarga javob olish maqsadida biz oliy toifali vrach Xolida Ochilovaga murojaat qildik.
—Oʻt pufagi kasalligining kelib chiqish sabablari nimada?
—Oʻt pufagi jigar ishlab chiqargan oʻt suyuqligi uchun rezervuar hisoblanib, u ovqatlanish vaqtida oʻt suyuqligini 12 barmoqli ichakka haydab berish vazifasini bajaradi. Oʻt pufagi kasalliklari betartib, pala partish ovqatlanish, yogʻli mahsulotlarni ortiq darajada isʼtemol qilish, kam harakatlilik, oʻt suyuqligining dimlanishi paydo boʻladi. Shuningdek, oʻtda oʻt yigʻilganidan soʻng, oʻt pufagi devorlari taranglashadi va qon aylanishi buziladi, natijada ikkilamchi infeksiya vujudga keladi, organizmda yalligʻlanish paydo boʻlishi mumkin.
— Oʻt pufagi kasalliklarining turlari bormi, ular qaysilar?
—Oʻt pufagi kasalligi xoletsistit boʻlib, u oʻt pufagining yalligʻlanishidir. Uning ikki xil turi bor. Oʻtkir xollitsistit—yalligʻlanish jarayoningng boshlanishi va surunkali xollitsistit—oʻz vaqtida davolanmagan yalligʻlanish bora-bora umr davomida surunkali, yaʼni vaqti-vaqti bilan qaytalab turuvchi yalligʻlanishga oʻtadi, Shuningdek, bu dard toshli va toshsiz xoletsistitlarga ajratiladi.
—Oʻt pufagi kasalliklari asosan necha yoshdagilar orasida uchraydi? Davolash muddati qancha?
—Xoletsistit 50 yoshdan oshgan ayollarda koʻproq uchraydi. Bu dard bilan erkaklar ayollarga nisbatan kam kasallanadi. Bolalarda esa kam uchraydi. Kasallikni davolash muddati xoletsistit turiga bogʻlik boʻladi. Masalan: toshsiz xoletsistitlar parxezga qatʼiy rioya qilish, infeksiyaga qarshi dori vositalari ichish, oʻt suyuqligining dimlanishini bartaraf qilish bilan tez davolanishi mumkin. Toshli xoletsistitlar esa koʻp xolatlarda jarrohlik yoʻli bilan davolanadi.
—Oʻt pufagi dimlanishining dastlabki belgilari va uni uy sharoitida qanday davolash mumkin.
—Oʻt pufagi dimlanganligining birinchi belgilari – ovqatlangandan soʻng oʻng qovurgʻa ostida ogʻriq boʻlishi, koʻngil aynishi, nahorda ogʻiz boʻshligʻida taxirlik sezilishi, holsizlik hisoblanadi.
Uy sharoitida parxezga rioya qilish, passiv dyubajni qoʻllash, oʻt haydovchi dori vositalarini ichish, joʻxori popugi damlamasini qabul qilish tavsiya etiladi.
Uy sharoitida dyubaj: Buning uchun och qoringa magniy sulfat eritmasi ichiladi. 30 daqiqadan keyin oʻng qovurgʻa osti sohasiga issiq qoʻyilib, chap yonbosh bilan yotiladi. Yoki mineral suvni hoʻplab hoʻplab uyqudan uygʻongach yotgan joyda yarim soat davomida ichish lozim boʻladi. Shuni eʼtiborga olish kerakki, bu davolashda oʻt pufagida toshlar boʻlmasligi kerak, aks holda tosh oʻt yoʻliga tushib «tana sariqligi»ni keltirib chiqaradi, ogʻriq kuchayadi. Bu borada albatta, shifokor mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.
—Oʻt pufagidagi toshlar koʻproq tuz sababli yigʻiladimi yoki yogʻdanmi?
—Oʻt toshlari koʻproq yogʻli, xolestiringa boy mahsulotlar isteʼmol qilish natijasida hosil boʻladi.
—Oʻt pufagi qanday sabablarga koʻra olib tashlanishi mumkin?
—Oʻt tosh kasalligi, oʻtkir va tez-tez qaytalanuvchi surunkali toshli xoletsistitlarda, oʻng pufagi istisqosida, oʻt pufagi flegmona va oʻsmasi aniqlangan holatlarda olib tashlanadi.
— Oʻt pufagi olib tashlangandan soʻng kishi organizmida qanday oʻzgarishlar boʻladi, u nimalarga amal qilishi lozim boʻladi va jarrohlikdan soʻng oʻt pufak faoliyatini qaysi organlar oʻz zimmasiga oladi?
— Oʻt pufagi olib tashlangach, uning vazifasini jigar bajaradi. Oʻt pufagi olib tashlangach ovqat hazm qilishda biroz oʻzgarishlar kuzatiladi, yaʼni yogʻli, hamirli xolestiringa boy mahsulotlar, quyuq ovqatlarni hazm boʻlishi qiyinlashadi. Shu sababli operatsiyadan soʻng 6 oy parxez buyuriladi. Ushbu operatsiyani boshidan kechirgan bemorlar tez hazm boʻladigan taomlar, mevalar, sharbatlarni isteʼmol qilishlari tavsiya etiladi. Shu bilan birga yogʻli, hamirli xolestiringa boy, yaʼni qovurilgan hamda quyuq ovkatlar isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi.
Xolida Ochilova, oliy toifali vrach
Qimmatli vaqtingizni ayamay ma’lumotlar tayyorlayotganligingiz uchun Sizlarga rahmat
Rahmat anchagina maʼlumotli boʻldim
Ilhom va Umidjon! Faoliyatimiz maʼqul kelganidan xursandmiz. Salomat boʻlinglar. Raxmat.
Foydali ma’lumotlar uchun katta rahmat
Juda foydali maʼlumotlar oldim raxmat. Albatta oʻtdagi muammo maxim va nozik ekan. Menda xam bu masala qiynaydi? Xolidaxon opaga savolim bor. Yoshim 62 da, oʻtimda tosh 20 mm xajmda. Parxez doimiy rioya qila olmaymanu, yengil ovqatlanishga xarakat qilaman, lekin xozircha bezovta qilmayapti. Davolash mumkinmi yoki albatta jarrohlik yoʻli bilanmi?
Bu ma‘lumotlar mening onamga foyda berdi.Rahmat kattakon.
Raxmat kúp malumotga ega búldik. Raxmat Doktor.Sizn ng maslaxatingizga kulok tutib parxez tutishga karor kildik.,