Parmachak (ejevika)ning shifobaxsh xususiyatlari

0
1043
marta koʻrilgan.

Parmachak (ejevika) — taʼmi va xushboʻyligi bilan shirin va nordon maymunjonga oʻxshash neʼmat. Qattiq pishgan vaqtida u shirin boʻladi. Rezavor nordon boʻlsada,  juda foydali, ildizidan tortib bargi-yu mevasigacha shifobaxsh xususiyatga ega.

Qadimgi Yunonistonda 2000 yil oldin u dori  vositasi sifatida ishlatilgan. Bugungi tibbiyotda ham ushbu  tabiiy neʼmatdan keng foydalaniladi.Oʻsimlikning barcha qismlari ishlatiladi.

Tarkibi. Parmachakni  vitaminlarning tabiiy majmuasi deb atasak ham boʻladi. Uning tarkibida koʻplab S vitamini, E, P, PP, K vitaminlari, A provitamini, V guruhiga kiruvchi barcha vitaminlar mavjud. Bundan tashqari, ushbu rezavor minerallarga boy boʻlib tarkibida kaliy, natriy, magniy, kalsiy, temir, fosfor, nikel, mis va boshqa foydali tolalar, shakar (fruktoza va glyukoza), organik kislotalar (limon, olma, salitsil), tokoferol, pektinlar bor.

Ushbu rezavor neʼmatning maymunjondan farqi shuki, mevasida urugʻchalar boʻlib, tarkibida 12 foyizdan ortiq moy mavjud. Uning  barglari ham S vitamini, taninlar, minerallar va aminokislotalarga boy.

Foydali xususiyatlari. Yangi uzilgan meva istemol qilinsa. immunitet tizimini mustahkamlaydi, metabolizmni davolaydi va organizm faoliyatini yaxshilaydi. Uning mevasi buyrak kasalliklari, siydik pufagi kasalliklarini davolashda, oshqozon va ichak kasalliklarida ishlatiladi. Ular qandli diabet va bugʻim kasalliklari uchun ham foydali. Shuningdek, miya va asab tizimining faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, fikrlash jarayoni va xotirani yaxshilaydi.  Chanqovni qondiradi va isitmani pasaytiradi. Tanani toksinlardan tozalaydi va antioksidantlarga boy. Keyingi yillarda uning tarkibida saraton kasalligini oldini oladigan moddalar ham borligi aniqlandi.

Rezavorning barglari va ildizlari yaralarni davolashda qoʻllaniladi, biriktiruvchi, yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega. U ayollar uchun juda foydali  hayz davrida  tinchlantiruvchi vosita boʻlib, nevrozdan himoya qilishga yordam beradi.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar. Baʼzi kishilarda u allergiyani qoʻzgʻashi mumkin. Shuningdek,  jigar va buyrak kasalliklarida, oshqozon yarasi va yuqori kislotali gastrit xastaliklarida ushbu nordon neʼmatning  isteʼmolini cheklash kerak.

Tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.