Alloma Ibn Sino buyrakdagi toshni tushirishda piyoda yurishning foydasi borligini yozib qoldirgan. Ayniqsa, ertalabki musaffo havoda sayr qilish koni foyda boʻlib, vujud kislorodga toʻyinadi. Bu esa yurak va oʻpka faoliyatini yaxshilaydi. Kechqurun uyqudan oldin piyoda yurish esa ovqat hazmiga koʻmaklashadi va tiniqib uxlab orom olishingizni taʼminlaydi.
Zamonaviy tibbiyotning tavsiyasiga koʻra esa: 3 daqiqa yurish — qon bosimini pasaytiradi, 5 daqiqa toza havoda yurish, xush kayfiyat bagʻishlaydi, 10 daqiqa yurish, ijodiy fikrlashni ragʻbatlantiradi, ovqatdan soʻng 15 daqiqa yurish, qondagi qand miqdorini kamaytiradi, ovqatdan soʻng 30 daqiqa yurish, ortiqcha vazndan xalos qiladi, 40 daqiqa yurish, keksalarda yurak kasalligining oldini oladi.
Mashinangizning yoqilgʻisini tejang va ishga iloji boʻlsa piyoda boring. Bu esa ham salomatlikka ham xoʻjalikka foyda keltiradi. Shuningdek tabiatning musaffoligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Ayni kunlarda mamlakatimizda “Oʻn ming qadam” aksiyasi ham bekorga uyushtirilgani yoʻq. Salomat boʻling, piyoda yurishga odatlaning.