Poytaxtning 12 ta tumanida maxsus COVID poliklinikalari faoliyat boshladi

0
198
marta koʻrilgan.

Toshkent shahrining 12 ta tumanida maxsus COVID poliklinikalari faoliyat boshladi, ular har kuni 24 soat davomida ishlaydi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasi aniqlangan, biroq xastalik klinik belgilarsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar salomatligini nazorat qilish, ularga ambulator va uyiga borgan holda sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida kunlik koʻrsatkichlar sezilarli darajada oshib borayotgan Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus poliklinikalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Tibbiy-sanitariya muassasalari va xizmat koʻrsatish yoʻnalishi yaqin boʻlgan 4 ta dispanser hamda 8 ta oilaviy poliklinika binosida ish boshlagan mazkur muassasalar aholiga har kuni 24 soat davomida xizmat koʻrsatadi. Har bir muassasaga shifokorlar bilan bir qatorda, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining yetakchi mutaxassislari ham jalb qilingan.

Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, ekspress-test, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan taʼminlangan.

Murojaat qilgan bemorlar ogʻirlik darajasiga koʻra saralanib, ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun zarur tavsiya va koronavirusga qarshi dori-darmonlar boʻlgan «COVID-box»lar beriladi. Bemorning ahvoli ogʻir boʻlsa, zudlik bilan maxsus shifoxonaga yuboriladi.

Koronavirus kasalligiga qarshi emlash ishlarini samarali olib borish maqsadida poytaxtdagi 12 ta koʻp tarmoqli va 66 ta oilaviy poliklinikalarda maxsus mobil brigadalar faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi.

Quyida ushbu poliklinikalar roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin:

Bektemir tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi(Bektemir tumani, Vodnik dahasi, 75-uy).

5-sonli Ftiziatriya dispanseri(Mirobod tumani, 8-mart koʻchasi, 58-uy).

23-son oilaviy polikinika “Birlik” filiali(Uchtepa tumani, Chakmoniy koʻchasi, 14-a uy).

1-son Ftiziatriya dispanseri(Mirzo Ulugʻbek tumani, A. Yugnakiy mavzesi, 15-a uy).

58-son oilaviy poliklinika(Yakkasaroy tumani, A.Qahhor koʻchasi, 44-uy).

11-son oilaviy poliklinika(Sergeli tumani, Choshtepa koʻchasi, 147-uy).

3-son Ftiziatriya dispanseri(Olmazor tumani, Usta Shirin koʻchasi, 1-berk, 3-uy).

Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi(Chilonzor tumani, Lutfiy 7, 33-uy, 1-xonadon).

4-son ftiziatriya dispanseri(Yunusobod tumani, 3-tor, Niyazbek yoʻli, 6-uy).

42-son oilaviy poliklinika(Shayxontohur tumani, Taxtapul koʻchasi, 14-a uy).

2-son ftiziatriya dispanseri(Yashnobod tumani, Murgʻob koʻchasi, 93-uy).

Toshkent shahar teri-tanosil dispanseri(Yangihayot tumani, Yoʻldosh 7, 23-uy).

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.