Qish faslida   teri parvarishi

0
540
marta koʻrilgan.

Qish faslida yuz va badan terisi quruqlashadi. Agar teringiz yogʻli boʻlsa, normallashadi, normal boʻlsa – quruqlashadi, quruq terilar esa taʼsirchan boʻlib qoladi.

Sovuq kunlarda tarkibida suv mavjud boʻlgan kremlardan foydalanish yaramaydi. Shuningdek, sovun, skrab va spirtli losonlardan ham iloji boricha kamroq foydalanish kerak. Chunki ular terini quruqlashtiradigan vositalardir.

Qishki mavsum uchun yogʻli kremlarni xarid qiling. Bunday kremlarni yuz terisiga koʻchaga chiqishdan 1,5 soat oldin surtish lozim. Savdo doʻkonlarida aynan qishki mavsum uchun moʻljallangan kosmetika vositalari ham sotiladi. Umuman olganda, qishda terini namlantirish va oziqlantirish xususiyatiga ega kremlardan foydalanish lozim.

Qoʻllar parvarishi haqida ham unutmang! Koʻchaga chiqishdan oldin qoʻl terisi parvarishi uchun moʻljallangan maxsus kremni surting. Sovuq kunlarda qoʻllaringizni qoʻlqop bilan himoya qiling.

Sochlarni asrang! Sovuq sochlaringizga ham taʼsir qilmay qolmaydi. Chunki, bosh kiyim bosh terisini issiq tutganligi uchun sochlar tez yogʻlanadigan boʻlib qoladi, quruq sochlar esa, aksincha, namlilik yetishmasligidan moʻrtlashadi. Sochlarni sovuqdan himoya qiling — hech qachon bosh kiyimsiz koʻchaga chiqmang. Bosh kiyimingiz tor boʻlmasin. Chunki, bu holat normal qon aylanishiga toʻsqinlik qilishi mumkin. Haftada bir marta sochlar uchun oziqlantiruvchi niqoblar qilib turing. Nam holatdagi sochlar bilan koʻchaga chiqmang. Fen va ploykalardan ham iloji boricha kamroq foydalaning.

Fazilat SAʼDULLAYEVA  tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.