Qon bosimi koʻtarilganda turli xil darmondorilarga boy meva va sabzavotlardan tayyorlangan sharbatlar ichish koni foyda hisoblanadi. Ular qon tomirlarini tozalaydi. Ich qotishini oldini oladi, yumshatadi.
1- usul. Bunday sharbatni tayyorlash uchun 3 ta karam bargi, 5-6 dona petrushka bargi, 4-5 dona sabzi va urugʻlaridan tozalangan yarimta olma boʻlagi kerak. Ularning sharbati siqib olinadi va aralashtirilib, ichiladi. Bu muolajani bajarish kundalik odatga aylansa, gipertoniya xavf solmaydi.
2- usul. Limonli sharbat. Bir stakan mineral suvga 1 osh qoshiq asal, yarimta limon sharbati qoʻshilib, yaxshilab aralashtiriladi. Davolanish muddati – 2 hafta.
3- usul. Lavlagi sharbati. Uni tayyorlash uchun qirgʻichdan chiqarilgan qizil lavlagi sharbatiga bir osh qoshiq asal aralashtirilib ichiladi. Bu ich qotganda ham shifobaxsh neʼmatdir. Malham 1 oy davomida kuniga 3 mahal ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 1 osh qoshiqdan qabul qilinadi.
Fazilat SAʼDULLAYEVA, farmatsevt