Qon bosimi koʻtarilganda

0
297
marta koʻrilgan.

Qon bosimini tushirish uchun sarimsoqli damlama samarali foyda beradi.

Malham tayyorlash:. Ikki bosh sarimsoqni maydalab, ustidan suv quyiladi (250 ml). Qirgʻichdan oʻtkazsangiz yanada yaxshi eziladi. Shundan soʻng 12 kunga tindiriladi. Muzlatgichda asraganingiz maʼqul.

Isteʼmol: Damlamani kuniga uch marta ovqatdan 15 daqiqa oldin 20 tomchidan ichish kerak.

Davolash kursi — 3 hafta.

Xurmo. U qon bosimini tushiruvchi mevalardan biridir. Arterial qon bosimini tushirish uchun har kuni 1 stakan yangi siqilgan xurmo sharbatini  ovqatdan oldin uch mahal ichish tavsiya qilinadi.

Chernika. Gipertoniyani chernika damlamasi bilan ham davolash mumkin. Uni tayyorlash uchun 4 osh qoshiq quritilgan chernika mevasi ustidan 1 stakan qaynagan suv quyiladi va 8 soat oʻrab qoʻyib tindiriladi. Tayyor damlamadan har kuni bir stakandan ichish kerak boʻladi.

Gipertoniyaning oʻtkir koʻrinishi, arterial qon bosimining keskin koʻtarilishida darhol vrach-mutaxassisga murojaat qilish kerak.

Fazilat SAʼDULLAYEVA, farmatsevt

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.