Qon bosimini toʻgʻri oʻlchashning toʻqqiz qoidasi

0
139
marta koʻrilgan.

Qon bosimini oʻlchash qiyin emas, ayniqsa, zamonaviy avtomatlashtirilgan tonometrlar yordamida bu hamma bajara oladigan oddiy yumushga aylanadi. Lekin qon bosimini oʻlchaganda natijaning aniq chiqishi uchun amal qilish zarur boʻlgan qoidalar bor. Ularning ayrimlarini eʼtiboringizga havola etamiz.

1.Biror ish qilganingizdan keyin darhol qon bosimingizni oʻlchamang, avval, 5 daqiqacha tinch sharoitda oʻtiring. Qon bosimini oʻlchashdan yarim soat oldin chekmang va qahva ichmang.

2.Stulga qaddingizni tik qilib oʻtiring. Oyoqlaringizni chalishtirmang. Oyoqlar polda shunday turishi kerakki, tizzalar baland koʻtarilmasligi lozim.

3.Yengingizni shimaring, yaxshisi — yengi uzun kiyimda boʻlsangiz, uni yechib qoʻying, shunda manjetni oʻrashda muammo yuzaga kelmaydi.

4.Qoʻlingizni shunday joylashtiringki, tonometr manjeti taxminan yurakning toʻgʻrisida boʻlsin. Baʼzan buning uchun qoʻl ostiga yostiqcha qoʻygan maʼqul.

5.Manjetni toʻgʻri oʻrang. Uning pastki tomoni tirsakdan 2-2,5 sm yuqorida boʻlishi kerak.

6.Manjetni shunday oʻrangki, u bilan qoʻlingiz orasiga 1-2 barmoq sigʻadigan boʻlsin. Tonometr pulsni qayd etishi uchun rezina naychalar tirsakning ichki tomoniga qarashi kerak.

7.Tonometrning barcha naychalari tekis boʻlsin, chigallashib yoki tugun boʻlib qolmasin.

8.Tonometr manjetni havoga toʻldirishi uchun dasturni ishga tushiring yoki uni mustaqil harakatga keltiring (bu qanday modelni xarid qilganingizga bogʻliq). Qurilma havoni qoʻyib yuborishini kuting yoki klapanni ochib, havoni oʻzingiz qoʻyib yuboring.

9.Tonometr koʻrsatkichlarini yozib olib, ikki daqiqadan keyin boshqa qoʻlingizda ham qon bosimingizni oʻlchab koʻring.

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.