Qon bosimining koʻtarilishida xalqaro malham

0
202
marta koʻrilgan.

Gipertoniya (Qon bosimining koʻtarilishi) da 1- tavsiya. 3 dona limon poʻsti bilan birga maydalanadi va 5 bosh tozalangan sarimsoqpiyoz bilan birga 3 litrli bankaga solinib, ustidan iliq suv quyiladi. Oradan 2-3 kun oʻtgach masalliqlar bankaning tubiga choʻkadi va bu damlama tayyor boʻlganini anglatadi. Bu damlamadan har kuni nahorga 0,5 stakandan ichiladi.

Ikkinchi tavsiyada esa 1 dona sabzi sharbati, 1 stakan yerqalampir (xren) sharbati (qirgʻichdan chiqarilgan yerqalampir 36 soat suvga solib qoʻyiladi va undan soʻng sharbati ajratiladi), 1 dona limon sharbati va 1 stakan asal yaxshilab aralashtiriladi. Bu aralashma 1 osh qoshiqdan kuniga 2- 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatlangandan 2-3 soat oʻtgach isteʼmol qilinadi. Davolanish muddati ikki oy boʻladi. Tayyorlangan aralashma ogʻzi mahkam yopilgan shisha idishda salqin joyda saqlanadi.

Qon bosimi oshadiganlar bir sutkada 3-4 mahaldan yarimta limonni poʻsti bilan birga yeyishlari juda foydali muolaja hisoblanadi.

Uchinchi tavsiyada esa 1 osh qoshiq toza asal, 1 osh qoshiq lavlagi sharbati, 1 osh qoshiq sabzi sharbati, 1 stakan yerqalampir sharbati (qirgʻichdan chiqarilgan yerqalampir 36 soat suvga solib qoʻyiladi va undan soʻng sharbati ajratiladi), 1 dona limon sharbati aralashtirilib, 1 osh qoshiqdan bir kunda 2 mahal ovqatlanishdan 1 soat oldin isteʼmol qilinadi. Davolanish muddati 1,5 oyni tashkil qiladi.

Saboxat Abduraxmonova, 2- RTK Farmatsiya kafedrasi mudiri

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.