Qonni suyultiruvchi va tomir tozalovchi tabiiy malhamlar

0
2459
marta koʻrilgan.

Rozmarinli (Qushtili) sirka.  Bu malhamni tayyorlash uchun 3 osh qoshiq rozmarin xovonchada yanchiladi va unga  500 gramm  olma sirkasi aralashtiriladi. Idishning usti yopilib, 7 kun qorongʻi joyda saqlanadi. Keyin 14 kun davomida har kuni bu aralashmaning 30 grammi suv bilan aralashtirilgan xolda kuniga 1-2 mahal och qoringa ichiladi. 

Lavr bargini maydalab, undan damlama tayyorlab yoki choyga oʻxshab damlab ichish ham qonni suyultirish xususiyatiga ega.

Ushbu malhamlar  yurak va boshqa organlardagi spazm (torayish, qisilish, siqilish) larni yozuvchi, nafas yetishmasligi dardiga chalinganlar uchun eng yaxshi tomir tozalovchi malham boʻladi. Bu dorilarni ichish miya, yurak tomirlarini va boshqa tomirlarni kengaytiradi, nafas olishni yengillashtiradi.

Shuning uchun 40 yoshdan oʻtgan insonlar har yili 1-2 oy mobaynida ushbu mashhamlarni qabul qilishlari tavsiya qilinadi. 

Undan ham yaxshi usul esa jismoniy faoliyatni kuchaytirish, jismoniy mashqlarni muntazam bajarish va piyoda ochiq havoda yurishdir. Oilaviy sayr esa kayfiyatni koʻtarish bilan birga oʻpkani kislorod bilan toʻyintiradi. Qon aylanishini yaxshilaydi.

Fazilat SAʼDULLAYEVA, farmatsevt 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.