Qonni tozalovchi, tomirlarni ochuvchi va xolesteringa barham beruvchi  malhamlar

0
685
marta koʻrilgan.

Malhamni tayyorlash usuli: Buning uchun 5 dona limon suvi siqib  olinib, shisha bankaga solinadi va unga taxta xovonchada yoki mikserda yanchilgan 5 bosh  sarimsoqpiyoz  va yarim kg toza asal qoʻshiladi. Idishning ogʻzi 6 qatlam doka bilan yopiladi va qorongʻi joyda 7 kun  saqlanadi. Soʻngra shisha bankaning usti yopib qoʻyilib, tayyor malhamdan kuniga bir mahal 4 choy qoshiqdan isteʼmol qilinadi. Har safar ogʻizga 1 choy qoshiq olinadi va uni darhol yutmasdan, dorining ogʻizda tarqalishini taʼminlagan holda chaynab-chaynab eritish lozim. Dorining bunday tarzda isteʼmol qilinishi muhimdir, chunki dori oshqozonda emas, balki ogʻizda kapillyar tomirlarga singdirilishi zarur. Tayyorlangan malham tugagunga qadar har kuni aniq bir soatda och qoringa ichiladi. Malhamning shunday tarzda qabul qilinishi qonni tozalaydi, yurak va miya tomirlarini tozalab, ochadi.

Agar malham birdan ichilsa, jigar xastaliklarini, oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yarasini tuzatishga yordam beradi  hamda oshqozon infeksiyalarini tugatadi. Dori salqin va qorongʻi joyda uzoq muddat saqlanilishi mumkin va uni sogʻlom insonlar, ayniqsa yoshi ulugʻlar uchun profilaktika maqsadida, kasallar uchun esa shifo topish maqsadida yiliga bir martadan qabul qilish tavsiya etiladi.

 Piyozli malham tayyorlash.  Buning uchun yangi va durkun piyozdan bir stakan  sharbat olinadi va unga bir stakan toza asal aralashtiriladi. Bu aralashmadan kuniga 1 mahaldan och qoringa 30 grammdan sarimsoqli zaytun yogʻi bilan birgalikda ichiladi.  

Sarimsoqli zaytun yogʻli malham tayyorlash:  Buning uchun bir stakan zaytun yogʻiga bir bosh yanchilgan sarimsoqpiyoz yaxshilab aralashtiriladi. Va malham bir kun muzlatgichga qoʻyiladi. Soʻngra aralashma dokadan oʻtkaziladi. Ushbu malham yuqoridagi piyozli malham bilan yoki  kuniga 1 martadan 30 gramm limon sharbati bilan aralashtirilib, ichiladi.

R. Sapoyeva tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.