Raxit kasalligining oldini olish

0
698
marta koʻrilgan.

Bolalardagi qiyshiq oyoqlar ikki yoshidan boshlab bilinadi. Dumaloq  shakldagi oyoqlarning kelib chiqish sabablari onaning homiladorligi davrida kalsiy yetishmasligidir.

Keyinchalik bolada raxit kasalligi yuzaga kelishi bilan D darmondorisi yetishmasligida kuzatiladi.

Ayniqsa qish faslida tugʻilgan bolalarda quyosh nurida mavjud boʻladigan D vitamini tanqisligi uchraydi. Goʻdakda raxit belgilarini kuzatsangiz darhol pediatrga koʻrsating. Bola koʻp injiqlansa, terlasa bu raxitning dastlabki belgilaridir. Agar eʼtiborsiz boʻlsangiz, ikkinchi bosqich boshlanadi, suyaklar yumshab, boʻyin va oyoqlarida qiyshiqlik kuzatiladi.

Shuning uchun bolaning kindigi tushishi bilan toza havoga   har kuni olib chikish, tuzli vannalardan foydalanish va D vitaminini ikki yoshgacha har kuni bir vaqtda ichirish kerak. Quyoshli kunlarda  soat toʻqqizgacha bolani sayrga olib chiqish maqsadga   muvofiqdir. Ayniqsa quyosh koʻtarilayotgan payt  eng shifobaxsh palla hisoblanadi.

Kichkintoyni chiniqtirish maqsadida sogʻlomlashtirish mashqlari va ukalash  muolajalarini muntazam amalga kiritish zarur.

Fazilat SAʼDULLAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.