Bolalardagi qiyshiq oyoqlar ikki yoshidan boshlab bilinadi. Dumaloq shakldagi oyoqlarning kelib chiqish sabablari onaning homiladorligi davrida kalsiy yetishmasligidir.
Keyinchalik bolada raxit kasalligi yuzaga kelishi bilan D darmondorisi yetishmasligida kuzatiladi.
Ayniqsa qish faslida tugʻilgan bolalarda quyosh nurida mavjud boʻladigan D vitamini tanqisligi uchraydi. Goʻdakda raxit belgilarini kuzatsangiz darhol pediatrga koʻrsating. Bola koʻp injiqlansa, terlasa bu raxitning dastlabki belgilaridir. Agar eʼtiborsiz boʻlsangiz, ikkinchi bosqich boshlanadi, suyaklar yumshab, boʻyin va oyoqlarida qiyshiqlik kuzatiladi.
Shuning uchun bolaning kindigi tushishi bilan toza havoga har kuni olib chikish, tuzli vannalardan foydalanish va D vitaminini ikki yoshgacha har kuni bir vaqtda ichirish kerak. Quyoshli kunlarda soat toʻqqizgacha bolani sayrga olib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa quyosh koʻtarilayotgan payt eng shifobaxsh palla hisoblanadi.
Kichkintoyni chiniqtirish maqsadida sogʻlomlashtirish mashqlari va ukalash muolajalarini muntazam amalga kiritish zarur.
Fazilat SAʼDULLAYEVA