Rayhonning shifobaxsh xususiyatlari

0
8061
views

Xalqimiz  rayhonni azal-azaldan sevib isteʼmol qiladi. Ovqatlarga, choylarga  shifobaxsh koʻkat sifatida ishlatib keladi. Hovlilarga ekib, quloqqa taqib olishadi. Albatta, bu beʼjiz emas. Darhaqiqat u havoni va odam vujudini yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblardan va infeksiyalardan tozalaydi. Shuning uchun ham uni jannat guli- rayxon, deya  eʼzozlashadi.

Tomoq ogʻriganda: 4 qoshiq maydalangan rayhon bargini 250 ml qaynagan suvga solib 20 daqiqa qaynatib, sovugach suzib olib, kun davomida 2-3 marta iliq holda tomogʻingizni chaying.

Qovoqlar shamollaganda: 2 qoshiq maydalangan rayhon barglarini 500ml qaynagan suvga soling va sovutib suzgichdan oʻtkazing. Malhamga dokani botirib qovoqlaringiz ustiga qoʻying.

Bosh ogʻrigʻida: Rayhon, mavrak, limonoʻtni teng miqdorda olib, 1 choy qoshigʻini 200ml qaynagan suvda  20 daqiqa damlang va suzib olgach, 1 choy qoshiq asal bilan aralashtirib iching. Ushbu  sharbat tinchlantirish xususiyatiga ham ega.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here