Koʻpnncha meva va sabzavotlarning poʻstlogʻini tashlab yuboramiz. Zero, ular ham shifobaxsh boʻlib, ularni oʻz oʻrnida ishlata olishni oʻrganish lozim.
Sarimsoq. Uning ustki qavati keksalikni bartaraf etuvchi antioksidantlarga boy sanaladi. Agar oshga yoki dimlama taomlarga uni poʻsti bilan solish odatingizga barham bermasangiz kifoya. Poʻstini qaynatib, sovitilgach asal qoʻshib ichilsa ham boʻladi.
Baqlajon. Baʼzi taomlarni tayyorlashda baqlajonning pusti archiladi, aslida esa bunga zarurat yoʻq. Agar siz organizmdagi hujayra membranalarini himoya etuvchi nasunin nomli kuchli antioksidantning foydasi tegsin desangiz, baqlajonni poʻsti bilan yeng.
Kartoshka. Hatto uni ham poʻstidan ajratish shart emas. Aniqlanishicha, kartoshkadagi V vitaminlari guruhi va mikroelementlardan tashkil topgan oziq moddalarning 20 foizi aynan uning poʻstlogʻida boʻlar ekan. Ayniqsa erta bahorgi kartoshkani poʻsti koni foyda.
Bodring. uning poʻstlogʻini tozalamasak-da, baʼzi vaqtlarda poʻstidan voz kechishga toʻgʻri keladi. Imkon qadar bunday qilmaslikka harakat qiling. Negaki aynan bodring poʻstlogʻida immun tizimini stimullashtiruvchi antioksidantlar mavjud.
Olmaning poʻstini oshqozonga botadi, degan xayol bilan archib tashlaymiz. Bu toʻgʻri fikr, archilgan olma meʼda faoliyatini yaxshilab, toʻqlik hissini paydo qiladi. Biroq olmaning poʻstlogʻi ham kversitin, S vitamini va saratondan himoya qiluvchi triterpenoidlar borligini unutmaslik darkor.
Limon, mandarin va apelsin S vitaminiga boy mahsulotlarni har kim ham poʻsti bilan isteʼmol qilolmaydi. Lekin poʻstlogʻidan koʻpgina uy bekalari unumli foydalanishlari sir emas. Sitrus mevalarining quritilgan poʻstlogʻi pishiriq xamiri va murabbolarga oʻzgacha yoqimli taʼm bagʻishlaydi. Kartoshka, lavlagi sabzi kabi baʼzi sabzavotlarni suvda qaynatganda ulardan qoʻshib yuborsangiz. Tarkibini asrash bilan birga xushboʻy taʼm beradi.
Anor mevasini poʻsti bilan isteʼmol qilib boʻlmaydi. Biroq u ham shifobaxsh. Quritilgan anor poʻsti ich ketganda ishlatilishini, .diareyaga qarshi vosita sifatida yaxshi bilamiz. Shu bilan birga stafilakokk hamda antibiotiklar bilan davolanadigan bir qancha infeksiyalarga qarshi davo vositasi ham sanaladi. Anor poʻstining novvot qoʻshilgan qaynatmasi ich ketishiga qarshi ishonchli vositaligini xalqimiz yaxshi biladi.
Zanjabil (imbir)ning ildizini ham poʻstini archish shart emas. Yaxshilab yuving va bir boʻlagini kesib olib (2-3gram) somon shaklida toʻgʻrang va 0,5 litrlik choynikka soling. Ustidan qaynoq suv quying. Limonni poʻstlogʻiini teng miqdorda toʻgʻrab, uni ham qoʻshib, besh-oʻn daqiqa damlab qoʻying. Soʻngra iliq holiga kelgach unga 3-4 tomchi limon suvi, bir osh qoshiq asal aralashtiring. Bu malham immunitetni koʻtaradi. Virus va bateriyalarni yoʻq qiladi. Angina va shamollashda koni foyda. Koʻrish qobiliyatini yaxshilaydi. Qonni tozalaydi. Ovqat hazmini yaxshilaydi. Uni ovqatdan keyin biror soat oʻtgach choy oʻrnida bir piyola ichish mumkin. Yoki ovqatdan biror soat oldin ichasiz.
Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.
Menga zanjabil qahva ichish juda yoqadi, buning men qahvani idishga solaman, ustidan yarim qoshiqcha zanjabil va bir qoshiq qaymoq (yogʻli) quyib aralashtiraman va ustidan qaynoq suv qoʻyaman.
Har kuni ertalab mana shunday usulda tayyorlangan qahvani istemol qilaman va sizlarga ham taklif qilaman. Tayyorlab koʻring yoqsa, siz ham oʻzinigizni sogʻlinigiz haqida oʻylagan boʻlasiz.
Dilorom opa tavsiyangiz uchun rahmat. Yana munosabatlaringizni kutib qolamiz