Salomatlikni asrashning oddiy usullari

0
684
marta koʻrilgan.

Inson oʻz organizmiga eʼtiborli boʻlsa, sogʻlom boʻladi. Albatta, bu sogʻlom turmush tarzingizga bogʻliq.

Sabzavot, meva va koʻkatlardan unumli foydalanish umrni uzaytiradi. Faqat koʻp isteʼmol qilganda novvot choy ichish zarur, chunki sovuqlikni oshiradi.

Tez-tez ayniqsa, ertalab shirguruch isteʼmol qilib turing. Shirguruch inson umrini uzaytiradi,  aqlni charxlaydi.

 Hammomdan keyin tishni yuvsangiz, tez oqaradi.

 Muntazam oʻtirib ishlaydigan odam har soatda oʻrnidan turib yurishi  va fizkultura bilan shugʻullanishi zarur..

 Olma inson organizmiga barcha zarur narsalarni yetkazib beradi. Har kuni ikki dona olma yeyish kifoya qiladi.

 Oshqozon ogʻriganda nahorda hamda yotish oldidan bir qoshiq dogʻlangan zaytun moyi ichish tavsiya etiladi.

 Kezi kelganda meʼyorida yigʻlab turish sogʻliqqa foydali.

 Har 10 kunda bir marta shomda 1 litr qatiq zardobini ichib, ichni yuvish, qon bosimi, qand, bavosir, oshqozon ogʻrigʻi kabi xastaliklardan xalos boʻladi.

  Sport turlari ichida eng foydalisi yugurishdir. Ayniqsa, yosh kuchlar uchun koni foyda.

Fazilat SAʼDULLAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.