Qadim qadimdan xalqimiz sarimsoqning shifobaxsh xususiyatlarini yaxshi bilishgan. Undan dori va milliy taomlar tayyorlashda keng foydalanishgan.
Sarimsoq qondan, ichki aʼzolardan va nafas yoʻllaridan zararli bakteriyalarni va ichak parazitlarini yoʻqotishga yordam beradi. Qon bosimini tushirib, tromb hosil boʻlishini oldini oladi. Sarimsoqni isteʼmol qilganda, saratonga qarshi kurashuvchi va antioksidant boʻlgani bois, organizm zararli moddalardan tozalanadi. Sarimsoqning bir boʻlakchasida 400dan ortiq foydali tarkibiy qism mavjud. Ular qon tomirlarini xolesterindan tozalaydi, miya saratonini keltirib chiqaruvchi multiformali glioblastoma hujayralarini oʻldiradi, tuberkulyoz tayoqchasi, ichak tayoqchasi va xelikobakter (oshqozon yarasini keltirib chiqaruvchi)larni yoʻq qiladi, ichakdagi gijjalarni xaydaydi.
Sarimsoqdan 100 dardga daʼvo ichimlik tayyorlash: Ochiq rangli shisha idishga 12 dona sarimsoqni bir nechaga boʻlib, uning ustidan 3 piyola qizil sharob qoʻyiladi va obdon arlashtirib, ogʻzini yopib deraza yoniga (quyoshli joyga) 2 haftaga qoʻyiladi. Har kuni 3 marta qoʻzgʻab turish lozim. Ikki haftadan soʻng dokada suzib olib, qora rangli shisha idishga solib qoʻyiladi. Uni bir oy davomida kuniga 1 qoshiqdan 3 marta qabul qilinadi.
Boʻ moʻjizakor ichimlik organizmni tuzdan tozalaydi, qonni tozalaydi, immunitetni oshiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi. Ayollar kasalliklari va shamollash uchun ham foydali.
Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach