Shifoxonalarda elektron retsept berish tizimi joriy etiladi

0
318
marta koʻrilgan.

Shu yil 6 sentyabrda qabul qilingan “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarorga muvofiq, yurtimizda 2021 yil 1 martdan Elektron retsept berish tizimi mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar Toshkent shahridagi barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarida tashkil etiladigan boʻldi.

Shuningdek, 2022 yil 1 martdan boshlab esa ushbu tizim mamlakatimizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Qaror dori vositalarining noqonuniy muomalasini oldini olish va ularni suiisteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan alohida dori vositalari muomalasini tartibga solish, shuningdek, aholi sogʻligʻini muhofaza qilishga qaratilgan.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.