ShU YILNING 5 OYIDA TEZ TIBBIY YORDAMGA 4 MILLIONDAN ORTIQ MUROJAAT BOʻLGAN

0
177
marta koʻrilgan.

Shoshilinch tibbiy yordam tizimi sogʻliqni saqlash sohasidagi katta ijtimoiy ahamiyatga ega tuzilma hisoblanadi. 

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi axborotiga koʻra, birgina oʻtgan yilda Shoshilinch tibbiy yordam muassasalariga jami 13 milliondan ziyod bemorlar murojaat qilgan boʻlib, shulardan 9,8 million nafarga yaqini “103” xizmati boʻyicha va 3,3 millionga yaqini statsionar tuzilmalarga murojaat qilishgan.

2019 yilning oʻtgan 5 oy mobaynida esa umumiy murojaatlar soni 4 milliondan ziyodni tashkil etib, 1,2 milliondan ortiq bemorga statsionar muassasalarda yordam koʻrsatildi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning filiallari va subfiliallarida yiliga 300 mingdan ortiq bemorga statsionar sharoitda murakkab xirurgik amaliyotlar oʻtkazilmoqda. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.