JILOLI SOCH GOʻZALLIK VA SOGʻLOMLIK BELGISI

0
1431
marta koʻrilgan.

Sogʻlom soch yumshoq, elastik boʻlib, tabiiy yaltiraydi. Inson koʻrkiga koʻrk bagʻishlaydi. Sochlarni doimo parvarishlab, oʻz vaqtida yuvib turish ularning sogʻlom oʻsishiga yordam beradi. Yogʻli sochlar har uch kunda quruq sochlar esa haftada bir marta yuviladi. Boshni yuvish juda issiq suv ishlatish mumkin emas. Chunki, issiq suv boshdagi yogʻ bezlari faoliyatini kuchaytirib yuboradi.

Bosh yuvish uchun teridagi qozgʻoq va qichishishni yoʻqotadigan alohida gigiyenik vositalar (shampun, sovun) qoʻllaniladi. Ushbu vositalardan koʻp foydalanish sochlarga aks taʼsir etishi mumkin. Sochlar iliq suvda yuvib va yaxshilab chayilgach yumshoq, tabiiy tolalali sochiq bilan artiladi. Hamda xona haroratida quritiladi. Sochni  fen yordamida quritishda meyor boʻlishi lozim. Chunki, u soch  haddan tashqari quritib, tez sinuvchan qiladi va soch ildiziga  zarar yetkazadi.

Sochlar  qurigach tarash lozim. Uzun sochlar pastdan yuqoriga ohista taraladi. Kalta sochlar esa tepadan pastga qarab taraladi. Vaqti-vaqti bilan sochlarning uchlari qirqib turiladi. Bu esa ularning yaxshi oʻsishiga yordam beradi. Haddan tashqari issiq va sovuq ob-havoda bosh yalang yurish sochlarga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bunday iqlim sharoitida tabiiy tolali faslga mos bosh kiyim kiyish zarur yoki soyabon tutish darkor.

Sochlar yuvilgach limon sharbati solingan yoki sirka kislotasi (1 litrga yarim choy qoshiq) solingan suvda chayilsa, yaltillaydi.

Guruch

Guruch ivitilgan suvda sochlar yuvilsa, uni oʻstiradi va boshdagi qazgʻoqlarni ketkazadi.

Lavlagi

Qizil lavlagi qapynatilgan suvda ham bosh chayilsa, sochlarni qoraytiradi.

Piyoz poʻstlogʻi

Yetilib pishgan, qalin poʻstloqli qizgʻish piyoz poʻsti qaynatilgan suvda bosh yuvilsa, sochlar jigarrang tusga kiradi.

Qatiq va zardob

Sut mahsulotlaridan boʻlmish qatiq va zardob tarkibidagi mineral moddalar va vitaminlar ham soch ildizini mustahkamlab, bosh terisini yumshatadi. Bu  mahsulotlarni, ayniqsa sutni isteʼmol qilib turish yuz terisini tiniqlashtirib, uni oqartiradi. Shuningdek, boshga qatiq surtib, selofon qalpoq kiyib 30-40 daqiqadan soʻng sochlar iliq suvda shampunlab yoki atir sovunda yuviladi.

Tuxum sarigʻi

Soch quruq boʻlsa, dastlab unga pista yoki kunjut moyi surtiladi. Soʻngra 2-3ta xonaki tovuq tuxumining sarigʻiga ozgina tuz aralashtirilib boshga surtiladi. Ustidan selofon qalpoq kiyiladi va yumshoq sochiq bilan bosh 1-2 soatga oʻrab qoʻyiladi. Keyin sochlar iliq suvda shampun yoki atir sovun bilan yuviladi. Bu muolaja soch ildizini mustahkamlab, uning toʻkilishining oldini oladi. Sochlarni yumshoq va mayin qiladi. Boshda qazgʻoq paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi.

ZAYTUN YOGʻI

Sochlarga tez-tez zaytun yogʻi surtib yurilsa,  oqarishning oldi olinadi.

Gulchehra ShIRINOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.