Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan maktablarda bolalarni xavfsiz taʼlim olishi uchun belgilangan talablar

0
183
marta koʻrilgan.

Quyidagilar SSV tomonidan maktablarda bolalarni xavfsiz taʼlim olishi uchun belgilangan talablar.

1.Sinflarda dars oʻtish jarayonida bolalar niqoblarda boʻlishi shart.

2. Niqoblar har 2-3 soatda almashtirilishi kerak.

3.Bolalar orasida 2 metrdan ortiq masofani saqlash ham katta ahamiyatga ega.

4.qoʻllarni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish imkoniyatini yaratilishi shart.

5.Agar bolalarning oilalarida kasallangan bemor boʻlsa, bunday holatda ular kasallik tashuvchisi boʻlishi mumkin. Bunga ham eʼtibor berish shart.

6.Bir sinfda oʻtirgan bolalar 45 daqiqa dars davomida, kun buyi 3-4 ta fan oʻtilsa, albatta, virus yuklamasi koʻpayishi mumkin.

Bunday holatlarda xonalar kuniga 3-4 martadan koʻp shamollatilishi kerak.

7. Har kun yakunida xonalar va yoʻlaklar dezinfeksiya vositalari qoʻshilgan eritmalar bilan dezinfeksiyalanadi.

8.Agar bolalarning barchasi belgilangan sanitariya qoidalariga rioya qilishsa virus yuklamasi kamayadi.

9.Shuningdek, maktabda yoki uyga kelishi bilan imkon qadar tez-tez tomoq chayib turilsa – virus yuklamasi yanada kamayishi mumkin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.