Inson salomatligi oʻz qoʻlida, buni har doim yodda tutish kerak. Ayniqsa, zararli odatlardan voz kechishni ham oʻrganish kerak. Salomatlikka zararli beshta odat tamaki chekishdanda ogʻirroqdir! Ular qanday odatlar?
Koʻp oʻtirib ishlovchilarning hayot tarzi nihoyatda zararli. Sutkalar davomida oʻtirib ishlash kanadalik olimlarning taʼkidlashicha, ichak, koʻkrak va oʻpka saratoni kelib chiqishi xavfini oshiradi. Shuning uchun koʻproq harakat qilishga urining! Uyda ishlayotgan boʻlsangiz, piyoda sayr qilishga ham vaqt ajrating! Yoga va jismoniy mashqlarni ish davomida bir necha marta bajarishga odatlaning.
Goʻsht va pishloq isteʼmolida meʼyorni bilish kerak. Tadqiqotchilarning ogohlantirishicha, hayvonlar oqsili saratonni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan maxsus gormonga ega. Goʻshtli taomlardan yoki pishloqdan butunlay voz kechish shart emas, biroq meʼyorni unutmaslik kerak. Goʻsht oqsilini sabzavotlarga almashtiring. Ratsioningizga yongʻoqlar va dukkakli mahsulotlarni qoʻshing.
Ovqat tayyorlashda gaz plitasidan foydalanish. Gaz yordamida ovqat pishiradiganlar har kuni azot, uglerod va formaldegidning qoʻshimcha dozasini qabul qiladi. Bu moddalar har kuni sigaret chekish orqali kashandalar organizmiga tushadigan moddalardir. Muammoni hal qilish uchun sifatli gaz tortish uskunasini oʻrnatish lozim. Oshxonani muntazam shamollatib turing.
Tana rangini sunʼiy ravishda qoraytirish. Hozir tana rangini sunʼiy tarzda qoraytirish ommalashgan. Aksincha teringizni quyoshning zararli nurlaridan himoya qiling. Quyoshli kunlarda yuzga tarkibida SPF mavjud boʻlgan krem surib yurishga odatlaning! Choʻmilishga borganda, daryo-yu dengizlarda suv sporti bilan shugʻullanganda ham nurlardan asraydigan kremlardan foydalaning.
Kam uxlash. Agar inson kun davomida sogʻlom turmush tarziga, faol hayotga rioya qilsa, toʻgʻri ovqatlansa-yu, biroq bir kunda 8 soatdan kam uxlasa, u holda salomatligida muammolar boʻlishi tabiiy. Toʻyib uxlamaslik holsizlikni keltirib chiqaradi, saratonga chalinish xavfini oshiradi. Shuning uchun imkon qadar har kuni toʻyib uxlashga harakat qiling!
Azizlar, salomatlikingiz oʻz qoʻlingizda ekanligini unitmang!
Fazilat Saʼdullayeva tayyorladi.