Surunkali COVID-19 ning belgilari

0
587
marta koʻrilgan.

Surunkali COVID-19 odamda 3 oydan koʻproq vaqt davomida kuchli zaiflik, tanadagi ogʻriqlar, nafas qisilishi va boshqa alomatlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi.

Jahon sogʻlikni saqlash tashkilotining taʼkidlashicha, bu kasallik butun dunyo boʻylab minglab odamlarda kuzatilmoqda. Ushbu bemorlar tuzalganidan bir necha oy oʻtsa-da, sogʻligʻini toʻliq tiklay olishmaydi. Surunkali COVID-19 longkovid deyiladi.

Longkovidning oʻtkir bosqichini osonlikcha yoki simptomlarsiz oʻtkazgan yosh va sogʻlom odamlarda ham uchraydi. Surunkali koronavirusning quyidagi alomatlari bor: doimiy charchoq;  mushaklar va tananing turli qismlarida kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan ogʻriqlar; chuqur nafas ololmaslik yoki nafas qisilishi; diqqat buzilishi; piyoda yurishning qiyinlashuvi; bosh ogʻrigʻi; doimiy uyqusizlik; xotira pasayishi.

Aziz yurtdoshlar, darddan keyin oʻzingizni avaylang, jismoniy mashqlar, nafas mashqlari va ochiq havoda sayr darddan xalos boʻlishda asosiy omillardir.  Muntazam harakat esa qon quyilishining oldini oladi. Oz-ozdan  tez-tez ovqatlaning va sabzavot va mevalarni  koʻp-koʻp isteʼmol qiling. Ayniqsa, tarkibida S darmondorisi boʻlgan mahsulotlar isteʼmolini kanda qilmang. 

Yulduzxon Moʻminova, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.