Sut va sut mahsulotlari qadim zamonlardan beri foydali xususiyatlari uchun qimmatli hisoblanadi. Alloma Abu Ali ibn Sino koʻpgina kasalliklarni davolash va dardlarning oldini olishda sut mahsulotlarining ahamiyatini taʼkidlaganlar. Bugungi kun sut mahsulotlari haqida soʻz yuritsak:
Yogurt, pishloq, suzma va sut — tish, boʻgʻim va suyaklar mustahkamligini oshiradi, radiatsiya taʼsirini kamaytiradi, toksin va ogʻir metall tuzlarini chiqarib tashlaydi.
Qatiq — oshqozon-ichak tizimi kasalliklarida tavsiya etiladi, immunitetni mustahkamlaydi, uyqusizlik va charchoqni yengadi.
Smetana — vitaminlarning haqiqiy konidir (A, Ye, V², V¹², S, RR). Suyaklar mustahkamligini saqlashda ahamiyati katta.
Bolalaringizga ertalab sutli ovqatlar tayyorlab bering. Keksalarga ham bu koni foyda, hazmi taom hisoblanadi. Oʻzingiz uyutgan yogʻli qatiqqa rezavor va shirin mevalarni qoʻshib, kichkina qoshiq uchida asal aralashtirsangiz qoʻlbola yogurt boʻladi va uning foydali xususiyatlari yanada oshadi.
Gujum.uz