Quyidagi tavsiyalarga rioya qilgan holda suv ichsangiz insult xavfini sezilarli darajada kamaytirgan boʻlasiz.
Ogʻir mehnatdan oldin ikki stakan suv iching. Bu sizning ichki davleniyangiz koʻtarilishidan saqlaydi.
Ovqatlanishdan 30 daqiqa avval suv ichsangiz oshqozon ichaklaringizga ogʻirlik boʻlmaydi.
Choʻmilishdan oldin 1 stakan suv ichib olsangiz ichki davleniyani kamaytiradi. Holsiz boʻlib qolmaysiz;
Uyquga yotishdan oldin 1 stakan suv iching. Bu uyqungizni ravon qiladi
Suvni albatta oʻtirib ichishga odatlaning. Bu gastrit paydo boʻlish xavfini kamaytiradi
Umuman musaffo suv har tomonlama koni foyda. Unga har kuni tabiat qoʻynida sayrni ham qoʻshsangiz dilingizni ravshanlashtiradi va kayfiyatingizni koʻtaradi.
Kayfiyatning balandligi esa salomatlik garovidir. Faqat qaynatib sovitilgan yoki musaffo suv ichish kerakligini esda tuting.Tabiat qoʻynida yurganingizda chuqur-chuqur nafas olishni unitmang. Oʻpkangiz toza kislorodga, musaffo havoga toʻlsin. Harakatda barakat deydi-ku xalqimiz. Salomat boʻling!
Sh.BEKCHANOVA tayyorladi.