Toza havo tanga davo

0
4818
marta koʻrilgan.
 Shifokor-mutaxassislar dam olish kunlari tabiat qoʻynida koʻproq sayr etishni tavsiya etishmoqda. Sayr nafaqat toza havoda toʻyib nafas olishingizga imkon beradi, balki inson steril boʻlmagan muhitda organizm uchun foydali boʻlgan bakteriyalar bilan ham bevosita “muloqot”ga kirishadi.

Natijada bu foydali bakteriyalar immunitetga ijobiy taʼsir etib, uning zararli bakteriya va viruslarga qarshi chidamliligini oshirar ekan. OʻRVI (oʻtkir respirator virusli infeksiya)lar, gripp kabi kasalliklar immuniteti past “tegma nozik”larga yopishishi bejiz emas.

Koʻproq ochiq havoda boʻling, sayr qiling. Xalqimizda bir matal bor: Toza havo tanga davo. Bu bejiz aytilmagan.

Oysha Axunova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.