Tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlar yil sayin oshmoqda

0
583
marta koʻrilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, keyingi yillarda tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlar yil sayin oshib borayapti. Masalan, 2016 yilda chaqiriqlar soni 7,2 mln.ni tashkil qilgan boʻlsa, 2017 yilda – 8,7 mln., 2018 yilda esa 9,8 mln.ga yetgan. Joriy yilning oʻtgan 10 oyi ichida esa murojaatlar soni toʻqqiz milliondan oshgan.

Shu bilan birga, shoshilinch tibbiy yordam xizmatining statsionar muassasalariga ham murojaatlar koʻpaymoqda. Jumladan, 2017-2019 yillarda ushbu shifo maskanlariga 7,5 mln. dan ziyod bemor murojaat qilgan. Ulardan 2,5 mln. nafari statsionar, 5,0 mln.dan ortigʻi esa ambulator tibbiy yordam xizmatidan foydalangan. Statsionarda davolangan bemorlarning 500 mingdan ortigʻiga yuqori texnologik xirurgik amaliyotlar bajarilgan. 

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.