Tibbiy niqoblarga spirt eritmasi bilan ishlov berish mumkinmi?

0
227
marta koʻrilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda  tibbiy   niqoblarga  spirt  bilan   ishlov  berish haqida tavsiyalar kuzatilmoqda. Bu usul kimgadir yordam bergan boʻlishi mumkin. Biroq uning asoratini sezmagan boʻlishi ham mumkin. Aslida bu tavsiya notoʻgʻri. Chunki, kimningdir terisi juda nozik, baʼzi bemorlarning esa nafas yoʻllari, yoki burun shilliq qavati oʻta sezuvchan boʻladi. 

Tibbiy   niqoblarni  spirt bilan namlab nafas  olinganida bir qancha asoratlar rivojlanishi tayin. Masalan, ogʻiz atrofidagi teri qavatida kuyish kuzatilishi mumkin. Baʼzilarda spirtning oʻtkir hidi burun shilliq qavatini shikastlanishini keltirib chiqaradi. Baʼzilarda  hid bilish qobiliyati pasayishi kuzatiladi.

Har bir kasalda koronovirus  turli xil kechishi mumkin. Shunga koʻra biz shifokorlar qoʻldan qoʻlga oʻtuvchi tavsiyalar orqali davolanishni tavsiya etmaymiz.

Bemorlarga  oʻzi yashayotgan hududdagi poliklinikaga murojaat etib shifokor tavsiyasini olishni maslahat beramiz

Uchastka shifokori bemorning umumiy ahvoliga koʻra davolash usulini tanlaydi va unga kerakli davo muolajalarini statsionar yoki uy sharoitida davolanishi uchun  tavsiya etadi.

Hozirgi kunda uy sharoitida davolanish uchun tavsiya etiladigan bemorlarga dori vositalari  davlat tomonidan bepul tarqatilmoqda.

Hozirgi davrda koronovirus asoratlaridan biri qon quyulishini oldini olish maqsadida baʼzi bemorlar uy sharoitida geparin, flemoks va hokazo dori vositalarini inyeksiya holatida olishlarini bir-biriga tavsiya bermoqdalar. Bu ham  notoʻgʻri, chunki qon ivishi bilan bogʻliq ushbu dori vositalari labaratoriya  tahlillari  asosida va shifokor nazorati ostida qilinishi shart.

Eng asosiysi vahimaga, sarosimaga tushmaslik.  COVID-19 har qancha shov-shuvlarga sabab boʻlmasin, 80 foyiz  hollarda juda yengil va hatto umuman simptomlarsiz kechadi. 15 foyizi hollarda yengil, faqat taxminan 5 foizda ogʻir kechadi. Shu 5 foiz bemorlarning ham 90 foizi keksalardir.

Agarda sizda yengil shamollash alomatlari kuzatilib, tana harorati koʻtarilmasa, bu kasallikni yengil kechuvi boʻlishi mumkin. Bemor tuzalganidan keyingi 2-3 haftalarda antitanachalarga qon topshirib koʻrishi mumkin.

Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.

Tahririyatdan: Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi  granti asosida uyushtirildi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.