Tabiiy tirnoqlar ustiga yopishtirilgan sunʼiy bezaklar juda goʻzal, biroq, ularning zarari koʻproq. Sunʼiy goʻzallik tirnoqlarni kisloroddan mahrum etadi. Chunki, jismimizdagi barcha aʼzolar qatori tirnoqlar ham nafas oladi.
Agar tirnoqning usti lak bilan qoplansa yoki unga sunʼiy tirnoqlar yopishtirilsa ularni “boʻgʻib qoʻyadi”. Natijada havosiz muhitda turli zamburugʻli kasalliklar rivojlanadi. Tirnoqlar rangi tundlashadi, tabiiy jilosini yoʻqotadi.
Qolaversa tirnoq ostiga koʻz koʻrmas kir va mikroblar toʻplanishi mumkin. Siz esa uni koʻrmaysiz va sezmaysiz.
Rangpar va moʻrtlashib qolgan tirnoqlarga bir oz dam berish lozim. Sunʼiy tirnoqlarni kosmetolog maxsus suyuqlik yordamida olib tashlaydi yoki uy sharoitida oʻzingiz ham mutaxassis maslahatiga amal qilgan holda buni bajarishingiz mumkin.
Aslida tabiiy goʻzallik salomatlik garovi! Qadimda tabiblar tirnoqlarga qarab ham kasalliklarni aniqlashgan. Demak biz tirnoqlarni ham avaylashimiz kerak.
Fazilat SAʼDULLAYEVA, farmatsevt