Tish va milk kasalliklari oqibati

0
16998
marta koʻrilgan.

 Ogʻizdan noxush hamda badboʻy hid kelishiga sabab nima boʻlishi mumkin?  Tish va milk kasalliklarining kelib chiqishi, ogʻizdan noxush  hid kelishiga sabab boʻladi.

Milk – bu ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining bir qismi boʻlib, tishlar boʻyniga jips yopishgan yumshoq toʻqima hisoblanadi. Ushbu toʻqima yalligʻlanganda, shikastlanganda, kuyganda, kimyoviy dorilarning salbiy taʼsirida yalligʻlanish kelib chiqadi. 

Badboʻy hidning eng asosiy sabablaridan biri ogʻiz gigiyenasiga rioya qilmaslik oqibatida tish toshlarining paydo boʻlishidir. Shuningdek, chirigan tishlar, bodomcha bezlarining yalligʻlanishi, meʼda-ichak kasalliklari ham ogʻizdan noxush, badboʻy hid paydo boʻlishiga olib keladi. Ogʻizdagi bir dona tishda karioz kovak boʻlsa ham ogʻiz hidi oʻzgaradi. Chunki, tish kovagi ovqat qoldiqlari bilan toʻlib qoladi va unda mikroblar yigʻilib infeksiya manbaiga aylanadi. Buning oqibatida bakteriyalar murtak bezlariga osongina oʻtib, tez-tez angina kuzatilishi aniqlangan.

Agar ogʻiz boʻshligʻida bir nechta karioz kovakli tishlar boʻlsa, koʻpincha organizmda meʼda osti bezining faoliyati va uglevodlar almashinuvi buzilishi ham kuzatiladi.

Shuning uchun ovqatdan keyin ogʻizni va tomoqni  moychechak  va marvarak kabi giyohlar qaynatmasi bilan  tez-tez chayib turish maqsadga muvofiq.  Ushbu giyohlar yalligʻlanishning oldini oladi. Ayniqsa bolalarga bu borada alohida eʼtibor berish lozim. Tishni yuvib turishga, chayishga oʻrgatish lozim.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.